02:26 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
339 0 0

Payshanba kuni, quyosh botishi bilan, butun dunyo musulmonlari Islom taqvimining ikkita asosiy hodisalaridan birini - Qurbon Hayitini yoki “qurbonlik bayramini” nishonlashni boshlaydilar.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Payshanba kuni, quyosh botishi bilan, butun dunyo musulmonlari Islom taqvimining ikkita asosiy hodisalaridan birini - Qurbon Hayitini yoki “qurbonlik bayramini” nishonlashni boshlaydilar. Bu yil, koronavirus sharoitida bayram Rossiyada qanday nishonlanadi - RIA Novosti materialida.

© REUTERS / Saudi Ministry of Media

"Afsus"

Odatda ish kunlarida moskvalik Timur Batrov masjidga uncha koʻp kelolmaydi, lekin katta bayramlarda albatta keladi. Bir yilda esa ular atigi ikkita: Iyd al-Fitr (arab tilida) yoki Roʻza-Bayram (turkiy tilda) va Iyd al-Adha yoki Qurbon Bayrami.

Bunaqa kunda odatda masjidlar gavjum. Eng asosiysiga - Mir shoh koʻchasidagi joʼme masjidiga 100 mingdan oshiq odam keladi. Soʻnggi yillar statistikasi muvofiq Qurbon hayiti Roʻza Hayitidan mashhurroqdir: masjidlarga koʻproq odam tashrif buyurishmoqda. Namozdan keyin sayllar uyushtiriladi - masjidlar yaqinida yoki bogʻlarda.

"Bayramlarda doim yangi tanishlar paydo boʻladi. Men uchun, biznesmen sifatida bu foydali", - deydi Batrov.

Bu yil hammasi oʻzgacha. Ramazon hayiti kuni, 24 may kuni, musulmonlar uylarida, oʻz-oʻzini yakkalagan holatda ibodat qilishdi. Ammo ular Qurbon Hayitini dindoshlari bilan kutib olishga umid qilishgan.

"Shu kunlarda men, bayramga masjidga kirishga ruxsat berilmasligini bildim. Tushunaman, koronavirus. Baribir, biroz xafaman", - deb tan oldi Timur.

Odamlar soni iloji boricha kamroq

Rossiyada pandemiya pasayib bormoqda, ammo baʼzi cheklov choralari hamon amalda. Moskvada ommaviy tadbirlar taqiqlandi. Qurbon hayitida har yili 300 mingga yaqin musulmon shaharning toʻrtta masjidida va meriya tomonidan ajratilgan uchta maydonda namoz oʻqiydilar.

"Mavjud vaziyatni va Rospotrebnadzorning tavsiyalarini inobatga olgan holda, bayram namozi eng minimal odamlar: imomlar, muftiylar va masjid xodimlari ishtirokida oʻtkaziladi. Jami boʻlib oʻn-oʻn beshta odam", - deydi Moskva shahar muftiysi Ildar Alyautdinov.

Qurbon bayrami Rossiyaning barcha mintaqalarida shu tarzda nishonlanadi.

Dindorlarga Moskva Joʼme masjididan tanslyatsiyani ochib qoʻshimcha bayramona namozni oʻqishlari maslahat berildi. Namozdan oldin Musulmonlar diniy boshqarmasi va Rossiya muftiylar kengashi rahbari shayx Ravil Gaynutdin nutq soʻzlaydi.

Asosiy marosim

Namozhonlar nima boʻlmasin baribir Xudoga duolari orqali murojaat qilishlari bilan tasalli topadilar. Ular bayramning asosiy marosimi – qurbonlikni amalga oshiradilar.

Uni Bibliyada tasvirlangan voqea xotirasiga amalga oshiriladi. Xudo Avraamga (musulmonlarda - Ibrohim) oʻgʻli Ismoilni (yahudiy-nasroniylik anʼanalarida - Isoqni) qurbon qilishni buyurdi. Buyuk paygʻambarlardan biri itoatkorlik bilan bolani qurbonlikka olib bordi. U pichoqni tortdi - lekin Xudo moʻʼjizaviy ravishda pichoqni oʻtmas qilib qoʻydi.

"Va oʻrniga Ibrohimga bir qoʻchqorni berdi. Bu bilan U shuni koʻrsatdiki: Xudoga yaqinlashish uchun insonni qurbon qilish kerak emas, hayvonlar esa odamlarga itoatkorlik bilan xizmat qilishga chaqirilgan", - deb tushuntiradi muftiy Ildar Alyautdinov.

Uning soʻzlariga koʻra, bu voqea hali ham dindagilar uchun dolzarbdir.

"Biz yangi sharoitlarga koʻnikmoqdamiz, sogʻliq va umrlarni himoya qilish choralarini koʻrmoqdamiz. Ammo dunyoda nimaiki boʻlmasin, insonning Xudoga boʻlgan ishonchi mustahkamligicha qolmoqda", - deb taʼkidlaydi Islomiy diniy yetakchi.

Muhtojlarga yordam

Siz qurbonlikni oʻzingiz yoki maxsus tayyorlangan odamlarning yordami bilan - uyga buyurtma berish orqali amalga oshirishingiz mumkin. Asosiysi - jamoat joyida boʻlmasligi.

Bu yil Rossiya Muftiylar Kengashi qurbonlik narxini musulmon xayriya jamgʻarmalariga oʻtkazishni tavsiya qiladi - ular ommaviy qurbonlikni va goʻshtni muhtojlarga markazlashgan holda tarqatishni tashkillashtiradilar.

"Ehson qilguvchi niyatni aytib, mablagʻlarni yuboradi va uning nomidan qurbonlik marosimi amalga oshirilishini soʻraydi", - deyiladi Kengash bayonotida.

Ruhoniylar musulmonlarga goʻshtni Islomning koʻrsatmasiga binoan uch qismga boʻlish kerakligini eslatadi: birini oʻziga, ikkinchisini - dinidan qatʼi nazar qoʻshnilari, qarindoshlari va doʻstlariga. Uchinchisini - muhtojlarga.

"Anʼanaga koʻra, Musulmonlar diniy boshqarmasi qoshidagi "Zakot" xayriya jamgʻarmasi "Qurbon bayrami har bir uyda" aksiyasini oʻtkazadi. Qurbonlik qilingan hayvon goʻshti kam taʼminlanganlarga, invalidlarga, veteranlarga, nafaqahoʻrlarga, bolalar uylari, jamoatchilik tashkilotlari, ijtimoiy taʼminot markazlariga yetkaziladi.

Oziq-ovqat toʻplamlari Suriya va Falastinlik qochqinlarga, Afrika mamlakatlaridagi dindoshlarga yuboriladi. Muftiyning soʻzlariga koʻra, musulmonlar hatto pandemiya davrida ham Rossiyadagi hamda chet ellardagi qiyin ahvolga tushganlarga yordam berishadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular