20:25 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
163 0 0

“Tolibon”* oʻz navbatida payshanba kuni kechqurungacha yana 79 nafar mahbusni ozod qilib, shu bilan 1002 nafar afgʻon mahbusini ozod qilishni yakunlash niyatida.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Afgʻonistonning ikkinchi vitse-prezidenti Muhammad Sarvar Donish afgʻon hukumati 5000 tolib mahbusdan 4600 nafarini qamoqxonadan ozod qilinganini maʼlum qildi. Bu haqda mahalliy 1 TV News telekanali xabar qildi.

“Tolibon”* radikal harakati oʻz navbatida payshanba kuni kechqurungacha yana 79 nafar mahbusni ozod qilib, shu bilan 1002 nafar afgʻon mahbusini ozod qilishni yakunlash niyatida. Bu haqda telekanalning harakatga yaqin manbasi maʼlum qilgan.

Toliblar Afgʻoniston hukumatidan AQSH bilan kelishuv asosida 5000 mahbusni ozod qilishni talab qilmoqda. Harakat Qobulni “afgʻonlararo muzokaralarni boshlashga” yoʻl ochish uchun ozod qilish jarayonini imkon qadar tezroq tugatishga chaqirmoqda.

Fevral oyining oxirida, Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda AQSH va “Tolibon”* 18 yildan koʻproq davom etgan urushda birinchi bor tinchlik bitimini imzoladilar, u 14 oy ichida chet el qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishni va mart oyida mahbuslar almashinuvi bitimidan keyin afgʻonlararo muloqotni boshlashni koʻzda tutadi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular