03:32 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
157 0 0

AQSH prezidenti saylovlari 2020 yil 3 noyabr kuni boʻlib oʻtishi kerak. Tramp uni koronavirus tufayli boshqa kunga koʻchirish mumkinligi haqida savol bilan murojaat qildi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus tufayli pochta orqali ovoz berishga toʻgʻri kelmasligi uchun 2020 yil noyabr oyida rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarini boshqa kunga qoldirish yaxshiroq boʻlishini taxmin qildi. Bu haqda u Twitterʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, pochta orqali ovoz berish “eng noaniq natijalarni” berishi mumkin.

“Odamlar toʻgʻri, ishonchli va xavfsiz ovoz bera olishmas ekan, saylovlar boshqa kunga koʻchirilsinmi???”, - deya savol bilan yuzlagan Amerika yetakchisi.

Tramp bir necha marta pochta orqali ovoz berishni tanqid qilgan edi. Shu tufayli Twitter uning ikkita postini yolgʻon maʼlumot sifatida belgilagan edi.

AQSH prezidenti saylovlari 2020 yil 3 noyabr kuni boʻlib oʻtishi kerak.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Amerikada 4,3 milliondan ziyod koronavirus bilan kasallanish qayd etilgan. Qurbonlar soni 150 mingdan oshgan.

Asosiy mavzular