15:52 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
108610

Asqarov oila aʼzolarining murojaatiga binoan Qirgʻiziston tomoni bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazildi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligidan olingan maʼlumotga koʻra, Azimjon Asqarovning rafiqasi, oʻgʻli va boshqa oila aʼzolarining uning Oʻzbekiston hududida dafn etilishi haqidagi murojaatiga binoan Qirgʻiziston tomoni bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazildi.

Oʻzaro muzokaralar natijasi boʻyicha Asqarov oila aʼzolarining murojaatlarini koʻrib chiqish va ularning talablarini qanoatlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eslatib oʻtamiz, Azimjon Asqarov Qirgʻizistonning huquq himoyachilaridan biri edi. U 2010 yil 15 iyun kuni Qirgʻiziston janubidagi millatlararo nizo vaqtida qoʻlga olindi, 15 sentyabrda esa umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Azimjon Asqarov 25 iyul kuni vafot etdi.

Asosiy mavzular