22:03 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
808 0 0

Olimlar aniqlashiga koʻra Yer shari havosi ifloslanishi har bir inson umirini 2 yilga qisqartirayotgan ekan.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Olimlar koronavirus pandemiyasidan ham jiddiyroq tahdidni oshkor qilishdi. Ularning soʻzlariga koʻra, bu har xil kasalliklar, shu jumladan OITS, tuberkulyoz va havoning ifloslanishidir. Bu haqda Sputnik radiosi argumenti.ru nashriga tayanib yozmoqda.

AQLI tashkiloti hisobot tayyorladi. Unda ifloslangan havo Yerning har bir fuqarosining hayotini 2 yilga qisqartirishi aytilgan. Tadqiqotchilar baʼzi mamlakatlarda bu muammo haqiqatan ham dolzarb ekanligini taʼkidladilar. Tadqiqot mualliflarining fikriga koʻra, Hindiston va Bangladeshda zararli chiqindilar tufayli umr oʻrtacha 10 yilga qisqarmoqda.

Olimlarning taʼkidlashicha, havoning ifloslanishi, shu jumladan, COVID-19 uchun asosiy xavf omilidir.

Koʻplab Yevropa mamlakatlarida, Yaponiya va AQShda havo tozaligi taʼminoti boʻyicha dasturlar mavjud, deya qoʻshimcha qildi ular.

Asosiy mavzular