18:45 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
460 0 0

Tashkilot taʼkidiga koʻra, oʻn yildan soʻng, "insoniy fazilatlardan mahrum boʻlgan, uyga qaytishga yaroqsiz boʻlgan Ota Benga fojiali tarzda oʻz joniga qasd qilgan".

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati boshqaruvida boʻlgan Bronks hayvonot bogʻi 1906 yilda bir necha kun davomida afrikalikni maymunlar qafasida eksponat sifatida namoyish qilgani uchun uzr soʻradi.

""Biz markaziy Afrika, hozirgi Kongo Demokratik Respublikasidagi mbuti xalqi vakili boʻlgan yosh yigit bilan bu alfozda munosabatda boʻlishgani uchun uzr soʻraymiz va buni qoralaymiz", - deyiladi tashkilot bayonotida.

Bayonotga koʻra, 1906 yilda hayvonot bogʻi vakillari bogʻ rahbari Uilyam Xornadey boshchiligida Ota Benga ismli yosh afrikalik bolani tomosha uchun maymun turadigan katakka joylashtirgan.

Bir necha kundan soʻng, qora tanli ruhoniylar ushbu "sharmandali hodisa" dan norozilik bildirishgach, bola yetimxonaga yuborilgan.

© AFP 2018 / Frederic J. Brown

Tashkilot taʼkidiga koʻra, oʻn yildan soʻng, "insoniy fazilatlardan mahrum boʻlgan, uyga qaytishga yaroqsiz boʻlgan Ota Benga fojiali tarzda oʻz joniga qasd qilgan".

2012 yilda, New York Times gazetasi bergan xabarga koʻra, afrikalik koʻrgazmaga qoʻyilgan maymunxona yopilgan. Beng bilan bogʻliq epizodni tasvirlar ekan, gazeta "ommaga 1906 yilda hayvonot bogʻining "yangi eksponati" juda manzur boʻlgani", "maymunlarga sherik sifatida katak ichiga solib qoʻyilgan odamni tomosha qilishdan deyarli hech kim voz kechmagani"ni yozgan.

"Bu oʻsha vaqtda Nyu-Yorkni qamrab olgan irqchilikning yorqin namunasi boʻlib qoladi", - deya taʼkidlaydi nashr.

Asosiy mavzular