02:37 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
699 0 0

Rossiya kasallanish darajasi koʻp boʻlmagan xorijiy davlatlar bilan aviaparvozlarni qayta tiklash imkonini oʻrganmoqda, lekin mart oyida kiritilgan cheklovlarni toʻliq bekor qilishga hali erta.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik.  RF TIV Axborot va matbuot departamenti direktori oʻrinbosari Aleksey Zaytsev Rossiya xalqaro parvozlarni tiklash boʻyicha qanday ish olib borayotgani haqida gapirib berdi.

"Yaqin kelajakda 14 kun mobaynida kasallanish darajasi 100 ming aholiga 40 kishidan va oʻrtacha kunlik oʻsish surʼati 1% dan koʻp boʻlmagan davalatlar bilan aviaqatnovlarni tiklash imkoniyati koʻrib chiqilmoqda", - dedi Zaytsev.  

RF Matbuot departamenti vakili soʻzlariga koʻra, Rossiya xalqaro parvozlarni tiklash boʻyicha mashaqqatli ishlarni amalga oshirmoqda. Ammo mart oyida joriy etilgan chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning RF hududiga kirishiga vaqtincha cheklovlarning toʻliq bekor qilinishi, shuningdek, Rossiya fuqarolarining havo chegarasidan boshqa nazorat punktlari orqali oʻtishlari haqida gapirishga hali erta.

Sputnik Belarus xabar berishicha, Zaytsev Rossiya TIV turli mamlakatlarning xorijiy reyslarni qabul qilishga tayyorligini va bu borada kiritilgan maxsus talablarni tahlil qilayotganini maʼlum qildi. Masalan, koronavirusga test sertifikatini taqdim etilishi va chet elliklarning karantinga joylashtirish zaruriyati.

Eslatib oʻtamiz, 1 avgustdan rossiyaliklarga Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniyaga parvoz qilish ruhsati beriladi. Shu bilan birga, 15 iyuldan boshlab, uyga qaytganidan soʻng, sayyohlar karantinga joylashtirilishi shart emas, COVID-19 testini topshirish kifoya boʻladi.

Toʻliq sharhni audiofaylda tinglang.

Pochemu Rossiya ne dlya vsex otkrыvayet granitsы, poyasnili v MID RF

Asosiy mavzular