13:35 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
115530

Pxenyan koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqishga yaqin ekanligini maʼlum qildi. Yaxshi-ku, toʻgʻrimi? Yoʻq. Chunki KXDRda yaxshi narsaning oʻzi boʻlishi mumkin emas. Shved jurnalistlari va ekspertlari mahalliy aholini shunday deya qoʻrqitmoqda

Muallif Artur Bobrov, Sputnik radiosi

Shimoliy Koreyada yaxshi narsaning oʻzi boʻlishi mumkin emas, vaktsina koʻrinishida esa ular biologik qurol ishlanmalarini yashirganlar. Shved aholisini mahalliy jurnalistlar va ekspertlar taxminan shunday qoʻrqitishmoqda.

Shunday qilib, KXDR toʻsatdan, oʻzi Gʻarb olamida hamma narsa toʻsatdan roʻy beradi, koronavirusga qarshi vaktsinani yaratishga yaqinligini eʼlon qildi. Xabar qilinishicha, sinovlar sut emizuvchilar sinfining eng yuqori turkumi - primatlar otryadi, gominidlar oilasi Odamlar naslida allaqachon boshlangan.

Bu tabiiyki, ilgarilab ketgan dunyoga alam qildi va u darhol bu ishdan qingʻirliklar izlashga kirishdi. Qanaqasiga Koreya? Yana qanaqa Koreya? Shimoliy, nimalar deyapsiz? "Yovuzlik saltanatimi"? Boʻlishi mumkin emas va bu juda yomon. Va hokazolar.

Koʻpchilik, chindan ham, qandaydir yaxshi narsalarni "yovuz odamlar" kashf qilishi mumkinligini tasavvur qilishga qodir boʻlmaydi. Ammo, bir qarashda, agar ushbu ertakmonand mantiqqa tayanib fikrlaydigan boʻlsak, yovuzlar bu ishni hatto yaxshiroq uddalashi kerak. Ular oʻz fikrlarini bir joyga jamlagan boʻladi, moychechaklarga xayoli boʻlinmaydi, internetda mushuklarni ham tomosha qilmaydi, keksa ayollarni yoʻldan oʻtkazmaydi - tishini tishiga qoʻyib oʻzining "yovuz ishi" bilan shugʻullanadi.

Bu intizom, yovuzlarning rahbari ham oʻta yovuz - oxirgi tomchisigacha qoldirmay siqib oladi. Xullas, ertakona kartinalar chizib oʻtirmaymiz, chunki bunday narsalar gʻarb matbuotida keragidan ortiq.

Xoʻsh, KXDR singari mamlakatda nimalarni amalga oshirish mumkin? Biror bir jirkanch va qoʻrqinchli narsanida, albatta. Vaktsina haqida gapirsiz! Axir butun boshli oldinlab ketgan dunyo nimanidir topish uchun bor-budini tikmoqda. Megakompaniyalarning megaishlanmalari haqida eshitganmisiz? Siz esa 38 parallel ortida topilgan, sakkizinchi yoʻlakda harakatlanayotgan hatto kadrga tushmaydiganlar haqida gapirasiz? Bu yerda nimadir oʻxshamayapti. Aslini olganda u yerda ommaviy qirgʻin uchun moʻljallangan biologik qurol yaratilmoqda, u oppozitsiyada sinalmoqda va bir ozdan soʻng qoʻllanilishi rejalashtirilmoqda.

Shu yerda negadir shvedlar asabiylashib qoldi. Nega aynan shvedlar, juda gʻalati. Axir ular boshqalarga oʻxshamaydigan-ku - koronavirusga tupurgan, barcha davlatlar uy-uylariga berkinib olgan bir vaqtda shvedlar skandinavlarga xos qaysarlik bilan ommaviy immunitetni shakllantirishda davom etdilar. Shuning uchun ham to hanuzga qadar yoʻtalib, aksa urishmoqda. Olti mingga yaqini endi hech qachon yoʻtala olmaydi. Shunday ekan, jasorat qayga yoʻqoldi bir onda?

Stokgolm tonggi gazetasi bugun xoʻroz qichqirmasidan odamlarni qoʻrqitishga kirishgan. Soʻroq qilingan barcha ekspertlar - oʻzlarining qoʻrquvda ekanliklarini tan olganlar. Hamma hatto oʻzi tushunmagan narsada ishonchi komilligini aytgan. Axir KXDRdagi ishlanmalar haqida hali hech narsa maʼlum emas. Bu ishlanmalarning mavjudligi ham hatto nomaʼlum.

Shvedlar keltirgan dalillarning bir qismini yuqorida keltirib oʻtdik. "Yovuz mamlakat"dan yaxshi narsa kutish kerakmas. Mamlakat qashshoq - shuning uchun ham yaxshi narsa kutib oʻtirma. Bu dalillar koʻpchilikni qoniqtiradi. Koreyada hech kim kasal boʻlmagan boʻlsa - vaktsina qayerdan paydo boʻlibdi? Unchalik kuchli argument emasku-ya, lekin omma uchun boʻladi. Ular biologik qurol ishlanmalariga ega boʻlishgan! Hozir esa koronavirusga qarshi kurash bahonasida oʻylab topilgan yaramas narsani bankadan olib chiqishdi - tez orada hammaga koʻrsatib qoʻyishadi.

Koʻrib turganingizdek, hammasi ishonarli. Shu yerda oʻrinli savol tugʻilmoqda: endi buni nima qilsa boʻladi? Balki, taxminlar toʻgʻri boʻlib chiqmasidan ularning ustiga bomba tashlavorish kerakdir? Kolin Pauell probirkalari qayerda edi? Nimadir qolganmi ulardan?

Va oxirgisi - eng dahshatlisi. Agar Yer yovuzlik oʻqiga urilib, KXDR rostdan ham birinchi boʻlib vaktsinani ixtiro qilsa, u holda... bu koronavirus degani aynan oʻsha yerda yaratilganining isboti ekanini darhol maʼlum qilish kerak boʻladi.

Asosiy mavzular