13:50 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
520 0 0

Barakadagi AES umumiy quvvati 5,6 megavattdan iborat toʻrtta energobloklardan iborat boʻladi. Umumiy bahosi 25 milliard dollar boʻlgan elektrstantsiya qurilishi 2011 yilda boshlangan va 2017 yilga kelib stantsiya elektr energiyani ishlab chiqara boshlashi umid qilingan edi.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Birlashgan arab amirliklari bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al Maqtum shanba kuni arab dunyosida birinchi boʻlgan "Baraka" atom stantsiyasi ishga tushirilgani haqida eʼlon qildi.

"Bugun biz ommaga BAAda Abu-Dabidagi Barakah stantsiyasida arab dunyosida birinchi boʻlgan tinch atom reaktori ishga tushirilgani haqidagi muvaffaqiyat haqida eʼlon qilamiz. Mutaxassislar yadroviy yoqilgʻini yuklab, kompleks sinovlarni oʻtkazdilar va ishga tushirish boʻyicha operatsiyani muvaffaqiyatli yakunladilar", - deb yozgan bosh vazir Twitter ijtimoiy tarmogʻida.

Uning taʼkidlashicha, BAA "davlatning elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojining chorak qismini xavfsiz, ishonchli va ekologik jihatdan toza holda taʼminlab beradigan toʻrtta atom elektr statsiyasini ekspluatatsiya qilmoqchi". Bosh vazir BAA tomonidan amalga oshirilayotgan atom elektr stantsiyasi va kosmik tadqiqotlarni arablar ilm-fanda oʻz yoʻllarini qayta yangilash va boshqa buyuk millatlar bilan bu borada raqobatlashishga qodirlik ekanliklari haqida "dunyoga yoʻllangan xabar" deya atadi.

Barakadagi AES har biri umumiy quvvati 5,6 megavattdan iborat toʻrtta energobloklardan iborat boʻladi.

Avvalroq, BAA atom faoliyatini tartibga solish federal agentligi (FANR) bosh direktori Xrister Viktorsson RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida, arab dunyosidagi birinchi Baraka atom elektr stantsiyasi, agentlik uning faoliyati uchun litsenziya chiqargach hamda yadro yoqilgʻisi yuklanganidan soʻng, 2020 yil boshida ishga tushirish mumkinligini aytgan edi.

Umumiy bahosi 25 milliard dollar boʻlgan elektrstantsiya qurilishi 2011 yilda boshlangan va 2017 yilga kelib stantsiya elektr energiyani ishlab chiqara boshlashi umid qilingan edi.

Asosiy mavzular