06:29 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
454 0 0

Taʼkidlanishicha, ushbu jonzot sayyoramizda Boʻr davrida - Mezozoy erasining eng soʻnggi davrida (145-66 million yillar ilgari) yashagan degan xulosa chiqarish mumkin.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Qozogʻistonning Aqtau shahridan boʻlgan havaskor paleontolog Vladimir Yartsev noyob topilmaga duch keldi. U Instagram sahifasiga topilma videosini joylashtirdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Vladimir Yartsev (@hedgehog_1979)

Yartsevning taʼkidlashicha, topilgan suyaklar eng qadimiy sudralib yuruvchilar sinfiga mansub boʻlib, uning yoshi 100 million atrofida. Shunday qilib, ushbu jonzot sayyoramizda Boʻr davrida - Mezozoy erasining eng soʻnggi davrida (145-66 million yillar ilgari) yashagan degan xulosa chiqarish mumkin.

Vladimir oʻzi topgan suyualar ixtiozavr, pleziozavr, pliozavrniki boʻlishi mumkinligini taxmin qilgan. Keyinchalik baʼzi olimlar ushbu taxminlarni tasdiqlashgan. Ularning fikriga koʻra, topilgan suyaklar pleziozavrga taalluqli. Ular yer yuzida 227-66 million yil ilgari yashagan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Vladimir Yartsev (@hedgehog_1979)

Asosiy mavzular