AQSh qaysi hollarda Rossiyaga qarshi sanksiyalar talab qilinmasligini ma’lum qildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Soyedinennix Shtatov Ameriki.
Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar bekor qilish shartlarini sanab o‘tdi.

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Agar Moskva “chet ellardagi tajovuzidan voz kechsa va AQSh va Yevropaning do‘stona hamkoriga aylansa”, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari kerak bo‘lmaydi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen ma’lum qildi.

Washington Post gazetasida chop etilgan maqolada O'Brayen Donald Tramp ma’muriyati tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan ko‘plab sanksiyalarni sanab o‘tdi.

Yuriy Rogulev  - Sputnik O‘zbekiston
Rogulev: AQSh ustunlik siyosatini davom ettirsa, muammolarga duch keladi

"(Ronald) Reygan davridan beri hech bir prezident Moskvaga shunchalik qat’iylikni ko‘rsatmadi. Reygan singari prezident Tramp Rossiya bilan munosabatlarning yangi yo‘liga erishmoqchi, bu yo‘lda Rossiya xorijdagi tajovuzlardan o‘zini tiyishi kerak va AQSh va Yevropaning do‘stona sherigi bo‘lishi kerak. Bunday dunyoda Rossiyaga qarshi sanksiyalarga ehtiyoj bo‘lmaydi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-sotiq gullab-yashnagan bo‘lar edi. Rossiyaliklar, amerikaliklar va butun dunyo bunday munosabatlardan foyda ko‘radi", - deya yozadi O'Brayen.

Avvalroq Rossiya G‘arbning tajovuzkorlikdagi ayblovlarini rad etgandi.

AQShning Rossiya bilan potensial hamkorligi yo‘nalishlari haqida gapirar ekan, O'Brayen kelgusi oylar ichida ikki mamlakat terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha muzokaralar olib borishi mumkinligini ta’kidladi.

"Rossiya ham, AQSh ham o‘z hududida zo‘ravon ekstremizm xurujlariga duch kelgan. AQSh amaldorlari, ehtimol, kelgusi oylarda bu masala bo‘yicha o‘zlarining razvedka va huquqni muhofaza qilish bo‘yicha hamkasblari bilan muloqot qilishlari mumkin", - dedi O'Brayen.

Bundan tashqari, maslahatchi so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiya va Xitoy bilan barcha yadroviy qurollarni cheklaydigan kelishuvni imzolashga umid qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0