21:42 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
419 0 0

Rossiyalik shifokor Leonid Roshal koronavirus pandemiyasi biologik urushning tayyorgarligi boʻlganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi biologik urushning tayyorgarligi boʻldi. Bu haqda kechiktirib boʻlmaydigan bolalar jarrohligi va va travmatologiyasi Rossiya Milliy tadqiqot instituti prezidenti, tibbiyot fanlari nomzodi Leonid Roshal Forbes nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

U virus inson tomonidan yaratilganiga shubha bildirdi.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV
© REUTERS / DADO RUVIC

“Men yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilganimda bu biologik urushning tayyorgarligi ekanini anglayman. Bu sogʻliqni saqlash tizimining mustahkamligini, jumladan, mamlakatning biologik himoyasini tekshirilishidir”, - dedi rossiyalik shifokor.

Roshal SSSRda biologik himoya oliy darajada yoʻlga qoʻyilganini taʼkidladi. U Xitoy tizimi xuddi shu model boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan deb hisoblaydi.

“Biz esa bu tizimni qisman yoʻqotdik. Hozir u sinovdan oʻtmoqda”, - deya taxmin qildi u.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻylab koronavirus bilan kasallanganlarning soni 18 milliondan oshgan. 11,3 milliondan ziyod kishi shifo topgan. 680 mingdan ziyod kishi virus qurboniga aylangan.

Asosiy mavzular