Moskvada desantchi va Rosgvardiya xodimlari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie dnya Vozdushno-desantnix voysk
Prazdnovanie dnya Vozdushno-desantnix voysk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rosgvardiya xodimlari Moskvadagi Gorkiy bog‘ida bayram tadbirlari paytida jamoat tartibini buzish holatini oldini oldi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rosgvardiya xodimlari poytaxtning Gorkiy bog‘ida bayram tadbirlari paytida jamoat tartibini buzish holatini oldini oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Rossiya Gvardiyasining markaziy okrugi matbuot xizmati xabar qildi. 

Kuni kecha parkada bir necha kishi telnyashka kiyimida Rosgvardiya jangchilari bilan mushtlashayotgani aks etgan video internetda tarqaldi.

Rosgvardiyada mushtlashuvni boshlagan kishilar shaxsi aniqlanayotgani ma’lum qilindi.

REN TV telekanali Havo-desant qo‘shinlari kuni nishonlayotgan kishilar o‘rtasida mushtlashuv boshlangani haqida xabar qilgandi. Bir kishi qo‘lga olingan vaqtda uning sheriklari janjalga aralashmoqchi bo‘ldi. Ularning ayrimlari mast holatda bo‘lgan edi. Milliy gvardiya xodimiga hujum qilinganda huquq-tartibot xodimlari kuch ishlatishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, har yili 2-avgust kuni Rossiyada Havo-desant qo‘shinlari kuni nishonlanadi. An’anaga ko‘ra, Moskvadagi Gorkiy parkida ommaviy tantanalar uyushtiriiladi.

Bu yil Rossiya qo‘shinlarida desant bo‘linmasining  tashkil topganiga 90-yil to‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0