19:00 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
608 0 0

Afgʻonistonda “Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi “Xuroson” boʻlinmasining razvedka boshligʻi Assadulla Orakzai oʻldirildi.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Afgʻonistonda “Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasining (ID yoki ISHID Rossiyada taqiqlangan) “Xuroson” boʻlinmasining razvedka boshligʻi Assadulla Orakzai oʻldirildi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik idorasida maʼlum qilishdi.

Xabarda aytilishicha, Pokiston bilan chegaradosh boʻlgan Nagarxar provintsiyasi hududida 1 avgust kechqurun ISHID aʼzosini yoʻq qilish boʻyicha maxsus amaliyot oʻtkazildi.

Idorasi maxsus operatsiya tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Orakzai tinch aholiga hujumlarni uyushtirish va ISHID tarkibida raqiblarni “tozalash” ishlarini amalga oshirgan. Bu xatti-harakatlar tufayli unga “ISHID qassob” laqabini olgan.

Soʻnggi vaqtlarda Afgʻonistonda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi taʼsiri kuchaydi.

 

Asosiy mavzular