01:24 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
428 0 0

Avstraliyalik olimlar yaqin yuz yil davomida Yerni global suv toshqini kutayotgani haqida ogohlantirdi. Osiyoda Xitoy, Bangladesh va Hindistonning baʼzi hududlari zarar koʻrishi mumkin.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Avstraliya olimlari yaqin 100 yilda dunyo global falokatga duch kelishi mumkin, bu haqda RIA FAN Nature jurnaliga asosan xabar qildi. Olimlarning fikriga koʻra, yaqin yuz yilda insoniyat global suv toshqiniga duch keladi. Bu faol okean sathining koʻtarilishi bilan bogʻlanmoqda.

Birinchidan, olimlarning fikriga koʻra, toshqin dengiz sathidan 10 metr balandlikda joylashgan hududlarga tahdid solmoqda.

Shuningdek, suv toshqini xavf solishi mumkin boʻlgan joylar koʻrsatilgan xarita keltirilgan: Amerika Qoʻshma Shtatlarida 2100 yilga kelib Shimoliy Karolina, Virjiniya va Merilend shtatlari hududlari qisman suv ostida qolishi mumkin, Yevropada - shimoliy Germaniya va Frantsiya, Osiyoda Xitoy, Bangladesh va Hindistonning baʼzi hududlari, Okeaniya - Avstraliyaning shimoliy qismi zarar koʻrishi mumkin.

Olimlar Buyuk Britaniyani suv sathining koʻtarilishining "asosiy qurboni" deb atashdi.

Asosiy mavzular