15:25 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
402 0 0

Ukraina Ichki ishlar vazirligi Kiyevda bankni portlatish bilan tahdid qilgan oʻzbekistonlikning ruhiy nosogʻlom ekanini tasdiqladi.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Kiyevda bank boʻlimini portlatish bilan tahdid qilgan Oʻzbekiston fuqarosi Suhrob Karimovga oligofreniya kasalligi tashxisi qoʻyilgan va u psixonevrologik roʻyxatda turadi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Anton Gerashenko Facebook’da post yozdi.

“Suhrob Karimov 1998 yildan buyon oligofreniya kasalligi tashxisi bilan Oʻzbekistonda psixonevrologik roʻyxatda turgan. Ushbu kasallik tashxisi unga 10 yoshligida qoʻyilgan. Karimov Ukrainada xotirjam hayot tarzida yashagan va avval jinoiy javobgarlikka tortilmagan”, – deyilgan postda.

Shuningdek, IIV vakili bank boʻlimi binosida portlovchi moddalar va buyumlar topilmaganini maʼlum qilgan.

“Endi u uzoq vaqt davomida panjara ortida boʻlishiga toʻgʻri keladi”, – deb yozgan Gerashenko.

Asosiy mavzular