OAV: agar barcha Xitoy jurnalistlari AQShni tark etsa, Pekin javob chorasini ko‘radi

© AP Photo/Andy WongFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashington xitoylik jurnalistlarning vizasini uzaytirmasa va ularni tark etishga majbur qilsa, Pekin jim qarab turmaydi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. XXR agar Vashington xitoylik jurnalistlarning vizasini uzaytirmasa va ularni tark etishga majbur qilsa, qat’iy javob choralarini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Global Times nashri bosh muharriri Xu Siszin ma’lum qildi.

Politseyskiy stoit pered zdaniyem bivshego konsulstva  SShA v Chendu, provinsiya Sichuan, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy hukumati AQShning Chendudagi konsulxonasini yopdi

“Amerika tomoni xitoylik jurnalistlarning vizasini uzaytirmaganini inobatga olib, Xitoy eng yomon ssenariyga tayyorgarlik ko‘rdi, unda barcha xitoylik jurnalistlar AQShni tark etishlari shart bo‘ladi. Agar bu ro‘y bersa, Xitoy bunga javoban qat’iy choralarni ko‘radi, jumladan Gonkongdagi amerika jurnalistlariga nisbatan”, - deya yozgan u  Twitterʼdagi sahifasida.

Joriy yilda AQSh va XXR o‘rtasida OAV koronavirus epidemiyasini qay tarzda yoritib borayotgani xususida ziddiyat yuzaga keldi. AQSh qator Xitoy OAVlaridan Amerikada faoliyat yuritayotgan jurnalistlar sonini qisqartirishni talab qildi. Bu mamlakatdan 60 nafar xitoylik jurnalistlarni chiqarib yuborishga olib keldi.

O‘z navbatida Xitoy New York Times, Wall Street Journal va Washington Post gazetasida ishlayotgan AQSh fuqarolaridan jurnalist guvohnomalarini topshirishni talab qildi. Bu ham amerikalik jurnalistlarning Xitoyni tark etishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, AQSh va Xitoy jurnalistlarga bo‘lgan o‘zaro talabni kuchaytirdi.

Yangiliklar lentasi
0