Tramp AQSh Afg‘onistondagi kontingentini qisqartirishini ma’lum qildi

© AP Photo/Alex BrandonPrezident SShA Donald Tramp beseduyet s voyennoslujashimi v Afganistane
Prezident SShA Donald Tramp beseduyet s voyennoslujashimi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika yetakchisi tez orada Afg‘onistondagi amerika harbiy xizmatchilari soni 4 ming nafargacha qisqartirilishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada Afg‘onistondagi amerika harbiy xizmatchilari soni 4 ming nafargacha qisqartirilishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Biz juda qisqa fursat ichida 8 minggacha (kontingent soni – tahr.) qisqartiramiz, so‘ngra 4 minggacha. Biz hozir muzokaralar olib bormoqdamiz”, - dedi Tramp HBO telekanaliga bergan intervyusida.

Kabul - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati 4 mingdan ziyod mahbus toliblarni ozod qildi

U qo‘shinlar kontingentini qisqartirish aynan qachon amalga oshirilishiga aniqlik kiritmagan. “Juda tez orada”, - deya va’da bergan Tramp aniq bir muddatni aytishdan voz kechib.

Jurnalistning AQShda noyabr oyida rejalashtirilgan prezident saylovlari vaqtida Afg‘onistondagi harbiy kontingent soni qancha bo‘lishi haqida savoliga Tramp u “ehtimol, 4 mingdan 5 minggachani” tashkil etadi deya javob bergan.

Fevral oyi oxirida Qatarda AQSh va “Tolibon”* radikal harakati 18-yillik urushdan so‘ng tinchlik bitimini imzoladi. Bitim chet el qo‘shinlarini 14 oy ichida Afg‘onistondan olib chiqilishi va asirlar bilan almashish yakunlangandan keyin afg‘onlararo muloqot boshlanishini nazarda tutadi.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 2021-yil may oyiga kelib Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0