22:18 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
342 0 0

Amerikalik Jastin Staller Florida-Kiss arxipelagida oilasi bilan dam olayotgan vaqtga akula hujumiga uchradi.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Amerikalik Jastin Staller oilasi bilan Florida-Kiss arxipelagida dam olayotgan vaqtga unga akula hujum qiladi. USA Today xabariga asosan.

Suvga tushgan vaqtda erkak toshlar orasidan kichik bir baliqni koʻradi, undan farzandlarini uzoqlashtirishga harakat qiladi. Shu payt akula uning yoniga kelib, hujum qiladi.

Staller qayiqqa chiqqanda nima boʻlganini ayon boʻldi: 15 santimetrlik jarohat borligi maʼlum boʻldi. Erkak darhol kasalxonaga olib borildi.

Erkak juda omadli ekanligini tan oldi, chunki akula suyakka tegmadi, shu sababli ozgina qon yoʻqotdi.

"Akuladan jahlim chiqmadi. Faqat ertasiga suza olmaganim koʻproq ranjitdi", - deydi erkak.

Staller ilgari alligator hujumidan va oʻrgimchakning tishlashidan omon qolgan.

Asosiy mavzular