01:47 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
142 0 0

Bolalarda COVID-19ga qarshi vaktsina tadqiqotlarini kelasi yilning yanvar-fevral oylarida boshlash rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Gamaleya nomidagi Milliy tadqiqotlar markazi bolalarda COVID-19ga qarshi vaktsina tadqiqotlarini kelasi yilning yanvar-fevral oylarida boshlashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti.

"Biz hozirda ushbu hujjatlar toʻplami bilan ishlashni boshladik, chunki institut hech qachon bolalarda sinovlar oʻtkazmagan. <...> Pediatrlar bu xususiyatlarni bilishadi va ular bilan birgalikda biz Sogʻliqni saqlash vazirligiga sinovlarni bolalarda amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar toʻplamini yozmoqdamiz, ammo bu sinovlarni biz kattalar boʻyicha barcha tadqiqotlarni tugatganimizdan keyingina amalga oshiramiz", - dedi markaz direktori Aleksandr Gintsburg.

Uning soʻzlariga koʻra, sinov qishda boshlanadi, chunki kattalarda koronavirus vaktsinasi sinovlarining uchinchi bosqichiga taxminan besh oy ketadi. Unda ikki mingga yaqin bemor ishtirok etadi.

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinalari sinovlari

Avvalroq Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaktsinaning klinik sinovlari yakunlanganini maʼlum qilgan edi.

Uning taʼkidlashicha, hukumat oktyabr oyida ommaviy emlashni rejalashtirmoqda. Avvalo koronavirus qarshi shifokorlar va oʻqituvchilarga emlanadi.

Mutaxassislar preparatni Mudofaa vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqishdi. Iyul oxirida gospitaldan 20 nafar koʻngillilardan iborat ikkinchi guruh chiqarildi. Ularning har birida immun hosil boʻldi, nojoʻya taʼsirlar yoki asoratlar aniqlanmadi.

Oʻz vaktsinasinining klinik sinovlarini “Vektor” Markazi ham amalga oshirishni boshladi, u ishlab chiqarishni noyabr oyida boshlashni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular