02:35 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
793 0 0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun parlament va xalqqa murojaatnoma bilan chiqish qildi. Konstitutsiyaga binoan, prezident har yili parlament va xalqqa murojaatnoma bilan chiqish qilishi zarur.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun parlament va xalqqa murojaatnoma bilan chiqish qildi.

Konstitutsiyaga binoan, amaldagi prezident har yili parlament va xalqqa murojaatnoma bilan chiqish qilishi zarur. Anʼanaga koʻra, murojaat aprel oyida boʻlib oʻtadi, ammo pandemiya sababli keyingi muddatga qoldirildi.

Dunyoni larzaga solmoqda

Belarus yetakchisi oʻz chiqishi boshida dunyoda yuzaga kelgan vaziyat xususida toʻxtaldi.

“Dunyo globallashmoqda, davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik darajasi tobora oʻsib bormoqda. Global chaqiriq va tahdidlar, hatto ularning paydo boʻlishi va sabablari bizning chegaramizdan 1000 km uzoqlikda boʻlsa ham, istisnosiz deyarli dunyoning barcha davlatlariga taʼsir qilmoqda, shu jumladan bizga”, - dedi Lukashenko.

Uning fikriga koʻra, hamma narsani baholash kerak. U Belarus geografik holatini va mamlakatning yaqin iqtisodiy aloqalarini haqida eslatdi, shuning uchun dunyoda roʻy berayotgan voqealar respublikaga ham taʼsir qiladi.

"Dunyo tobora beqaror va oldindan aytib boʻlmaydigan boʻlib bormoqda. Bugun hech kim bashorat qila olmaydi", -  dedi u.

Lukashenko davlatlar va bloklar oʻrtasidagi printsipial qarama-qarshiliklar haqida eslatdi. Bugungi kunda, uning soʻzlariga koʻra, "butun sayyorani larzaga solmoqda", garchi qator yetakchi davlatlar hali oʻz pozitsiyalarini bildirishmadi.

Prezident yana muammolarni hal qilish mexanizmlari yoʻqligi haqida gapirdi. Shuningdek, u iqtisodiy ziddiyatlarning kuch bilan hal etishga oʻtish mavzusiga toʻxtaldi: xususan, AQShdagi norozilik namoyishlari, Hindiston-Xitoy chegarasidagi mojaro va yilning boshqa voqealari haqida gapirdi.

Lukashenkoga koʻra, koʻplab "eski mojarolar" postsovet hududida ham mavjud. Shu bilan birga, u Belarus "Yevrosiyoning markazidagi yagona tinch boʻgʻin" ekanligini aytdi.

“Belarus kimgadir qarshi hech kim bilan doʻst boʻlmaydi. Respublika koʻp vektorli va oldindan aytib boʻladigan tashqi siyosat tarafdori", - deya taʼkidladi.

Lukashenko "Belarusda yoki Rossiyada hukumat tepasida kim boʻlishidan qatʼiy nazar, Rossiya har doim bizning eng yaqin ittifoqdoshimiz boʻlgan va shunday boʻlib qoladi". Shu bilan birga, prezident mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar "qardoshlikdan sheriklik”ga oʻzgarganini aytdi.

Belarus koronavirus bilan qanday kurashdi

Asosiy global mavzulardan biri - koronavirus pandemiyasi haqida gapirganda, Lukashenko bu dunyo duch kelgan birinchi pandemiya emasligini eslatdi.

"Biz yangi pandemiyaga ozmi-koʻpmi, iloji boricha tayyor holda kirdik", - dedi prezident.

Lukashenko Belarusda infektsion shifoxonalar, sanitar xizmatlar, koyka-oʻrin fondi, diagnostika va davolash uskunalari saqlanib qolinganini eslatdi.

Uning soʻzlariga koʻra, asosiy kamchilik va xavf bu nomaʼlum virus va uning tarqalishining tabiati.

"Ammo ikkinchi tomonda, bu Belarusning ilm-fani, shifokorlarning fidoyiligi va eng muhimi, fuqarolar, ayniqsa qariyalarning munosib xulqi oxir-oqibat taroz pallasini bosdi. Shifoxonalar frontdagiday, kasallarni saralamadi",- deb qoʻshimcha qildi u.

Lukashenko mamlakatda koronavirus bilan kurashish uchun zarur choralar koʻrilganiga ishonadi.

"Va bugun hamma davlatlar biz toʻgʻri ish qilganimizni tan olishmoqda, lekin boshida qanday bosim boʻlgan? JSSTning barcha davlat uchun shablon tavsiyalar: zudlik bilan karantin, komendantlik soati, chegaralarni yopish, korxonalarni yopish ... Men bunga bora olmadim", - dedi prezident.

Belarus COVID-19 bilan kurashish uchun boshqa yoʻlni tanladi va Lukashenkoning soʻzlariga koʻra, pandemiyaga qarshi tura oldi. U "maʼlum bir kamchiliklar" mavjudligini tan oldi, ammo ular odamlarni qutqarishga muvaffaq boʻlganligini taʼkidladi.

Pandemiyadan kelib chiqadigan xulosalar haqida gapirganda, prezident mish-mishlarga ishonmaslik kerakligini,  "oʻz boshi bilan oʻylash" kerakligini taʼkidladi. Bundan tashqari, u dori-darmonlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish, tibbiy markazlar va maxsus aloqa guruhlarini yaratish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzining ahamiyati haqida gapirdi.

Pandemiyadan keyin, uning iqtisodiyotga taʼsirini yoʻq qilish kerak, dedi Lukashenko. U bir qator, jumladan eksportni diversifikatsiyalash va energiya manbalarini yetkazib berish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi.

"Har qanday qarorni qabul qilamiz, faqat xoinlik qilmang"

Lukashenko oʻz nutqida “Hukumat davlat yetakchisini saylashda mamlakat fuqarolarining har qanday qarorini qabul qiladi, ammo “xoinlik” qilmasliklarini” soʻradi.

"Men bugun butun dunyo uchun aytaman. Biz, hukumat, va men, avvalambor, amaldagi prezident sifatida, sizning har qanday qaroringizni qabul qilamiz. Faqat hech qachon xoinlik qilmang, xoinlik u dunyoda ham kechirilmaydi", - dedi u.

"Agar qodir boʻlmasangiz va bir narsaga tayyor boʻlmasangiz - chetga chiqing, xalaqit bermang, oyoq ostida oʻralashmang, mamlakatni qutqarishga imkon bering. Bir-ikki yil ichida biz bu vaziyatni hal qilamiz va Belarus xalqi uchun qanday kerak boʻlsa, shunday qilamiz, ammo bugungi kunda hissiyotlar bilan biron bir masalani hal qilib boʻlmaydi", - deb taʼkidladi Belarus rahbari.

Qoʻlga olingan rossiyaliklar

Aleksandr Lukashenko, Minsk yaqinida qoʻlga olingan rossiyaliklar xususida ham toʻxtaldi.

"Belarusliklarga qarshi milliardlab resurslar tashlandi, eng yangi texnologiyalar safarbar qilindi. Men qandaydir munozarani hayron qolib kuzatmoqdaman <...> internet-kanallarida yaqinda Belarusda 33 jangarining hibsga olinishi borasida, u yerda qanday xulosalar va takliflar bor. Shungacha borishdiki, ikki prezident kelishib oldi. Bu juda xavfli va kuchli signal. Bularning hammasi yolgʻon. Istanbul, Venesuyela, Afrika va Liviya haqida" - dedi prezident.

Lukashenko taʼkidlashicha, ushlanganlarga "odamgarchilik bilan" munosabatda boʻlishgan, shuning uchun ular "hamma narsani aytib berishdi": xususan, uning soʻzlariga koʻra, rossiyaliklar "ataylab Belarusga" yuborilganliklari haqida guvohlik berishdi.

"Istambulga sotib olingan chiptalarni “kutish” buyrugʻi - bu afsona. Rossiya chegarasi yopilganligi sababli ular bu yerda, u yerda ham Istanbulga uchayotganliklarini koʻrsatishlari kerak edi", - deb qoʻshimcha qildi respublika rahbari.

Asosiy mavzular