01:48 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)
332 0 0

Sentyabrda koʻngillilarda vaktsinaning klinik sinovlari boshlanishi mumkin, ammo bu bosqich avval Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Koronavirusga qarshi vaktsinani beshta mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻzlarida sinab koʻrdilar. Klinik sinovlarga qadar tajribalar 20 avgust kuni yakunlanadi, deb xabar berdi biologik xavfsizlik masalalari ilmiy-tadqiqot institutiga tayangan holda Sputnik Qozogʻiston.

Ilmiy-tadqiqot instituti bergan xabarga koʻra, ishlab chiqaruvchilar koʻngillilar safida vaktsinani oʻzida 26 iyul kuni sinovdan oʻtkazgan.

"Bu jonli virus bilan ishda shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash uchun amalga oshirildi. Oradan bir necha sutka oʻtgach oʻzini his qilishi yaxshi, temperatura va allergiya yoʻq. Klinikga qadar sinovlar 20 avgustga qadar yakunlanadi, natijalar esa Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligiga topshiriladi", - deyiladi xabarda.

Kutilishicha, sentyabr oyidan vaktsinaning klinik sinovlari boshlanadi. Sinovlar Almati shahrida koronavirusga antitanachalari boʻlmagan 44 nafar koʻngillilarda oʻtkaziladi. Buning uchun avvalo sogʻliqni saqlash vazirligi ruxsatnomasini olish kerak boʻladi.

Kuz faslining oʻrtalariga kelib, olimlar vaktsinaning ikkinchi fazasini sinovdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Koʻngillilarning taxminiy miqdori - 200 kishi. Olimlar prognozlariga koʻra, ikkinchi faza joriy yil dekabr oyida yakunlanadi.

"Agar BSST tomonidan nomzod vaktsina klinik sinovlari natijalarini tasdiqlansa, Qozogʻiston NIIPBB qoshidagi immunobiologik dorilarni ishlab chiqaradigan zavod negizida vaktsinani ishlab chiqarishni amalga oshirishga tayyor boʻladi ", - deya taʼkidladi institut.

Dekabr oyida qurib bitkaziladigan zavod yiliga 60 million dozaga qadar vaktsina ishlab chiqarishga qodirligini taʼkidlash kerak.

Sputnik Qozogʻiston xabariga koʻra, yangi turdagi koronavirus infektsiyasi COVID-19ga qarshi birinchi qozoq vaktsinasi 9 may kuni ishlab chiqarilgan, oradan bir necha kun oʻtib u klinik sinovlarga qadar testdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan vaktsina sifatida Butunjahon sogʻliqni saqlash vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Sal vaqt oʻtib, COVID-19ga qarshi ikkinchi qozoq vaktsinasi BSSTda roʻyxatga olingani maʼlum boʻldi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)

Asosiy mavzular