13:43 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
1156 0 0

Yigitning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida 3 mingdan ortiq kuzatuvchisi boʻlgan va u LGBT-hamjamiyati aʼzosi sanalgan

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Tojikistonlik Yegor Gromov niki ostida mashhur boʻlgan TikTok-bloger Sankt-Peterburda boʻgʻib ketilgan holatda topildi. Bu haqda Nevskiye novosti nashri xabar bermoqda.

LGBT-hamjamiyati aʼzosi boʻlgan 22 yashar yigitchaning shaxsiy hayotini 3 mingdan ziyod kuzatuvchilar kuzatib borishgan. Ikkinchi avgust kuni tong sahar uning jonsiz tanasi Sankt-Peterburgdagi Marshal Kazakov koʻchasidagi koʻp qavatli uy xonadonida topilgan.

Soat 12da politsiyaga 45 yashar erkakdan xabar kelib tushgan, u oʻz xonadonida tanishining jasadini aniqlaganini aytgan.

Erkak tomonidan berilgan manzil boʻyicha huquqni muhofaza qilish vakillari yetib kelishgach, yosh bloger oʻlimida qotillik alomatlarini koʻrishgan. Yigitning butun yuzi qontalash boʻlgan, boʻynida esa boʻgʻilganligidan dalolat beruvchi izlar aniqlangan.

Ekspertlar taʼkidiga koʻra, Gromov asfiksiyadan oʻlgan.

Yegor Gromov – bu yigitning ijtimoiy tarmoqlardagi niki. Uning oʻzi asli tojikistonlik boʻlib, mashhurlikka erishish uchun ismini oʻzgartirgan. Oʻzining TikTokida yosh yigit qoʻshiq kulashi, raqs tushishi aks etgan videolarni joylab borgan.

Natijada xonadon egasi - politsiyaga murojaat etgan erkakning oʻzi jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qoʻlga olingan. Hozircha jinoiy ish qoʻzgʻatilmagan. Tergovchilar oʻlim sabablari va real holatni aniqlash uchun tekshiruv ishlarini olib borishmoqda.

Asosiy mavzular