Urg‘ochi uchun talashgan ulkan ilonlar olishuvi - qiziq video

© REUTERS / Athit PerawongmethaKobri vo vremya zanyatiy po vijivaniyu v djunglyax v ramkax voyennix ucheniy «Cobra Gold 2018» v Tailande
Kobri vo vremya zanyatiy po vijivaniyu v djunglyax v ramkax voyennix ucheniy «Cobra Gold 2018» v Tailande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nandaning yozishicha, ko‘pchilik ilonlarning bu singari hatti-harakatini "juftlashish udumi" sifatida qabul qilishga odatlangan, biroq bu undaymas.

TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Urg‘ochi va hudud uchun talashayotgan ikki kalamushxo‘r ilon olishuvi videosi internetda foydalanuvchilarning qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Videotasvir internetga Hindiston o‘rmon xizmati ofitseri Susanta Nanda tomonidan joylangan.

​Video kadrlarda aks etishiga qaraganda, olishuv suv ichida boshlangan.

So‘ngra sudraluvchilar suvdan chiqib, qirqquloqlar o‘sib yotgan hududda jangni davom ettirgan.

Nandaning yozishicha, ko‘pchilik ilonlarning bu singari hatti-harakatini "juftlashish udumi" sifatida qabul qilishga odatlangan, biroq bu unday emas.

Kalamushxo‘r ilonlar uzunligi ikki yarim metrgacha yetishi mumkin. Ular zaharli emas. Ilonlar o‘z o‘ljasini bo‘g‘adi.

Oldinroq Janubiy Afrika Respublikasida joylashgan Kruger parkida ilon va echkiemar o‘rtasida kechgan o‘lim jangi videosi tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0