Quyushqondan chiqib ketgan yoshlar: Moskvadan yuz nafar chechen vataniga qaytarildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishSotrudnik DPS obespechivayet poradok na doroge v stolitse Chechenskoy respubliki gorode Groznom.
Sotrudnik DPS obespechivayet poradok na doroge v stolitse Chechenskoy respubliki gorode Groznom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston hukumati Moskvadan giyohvandlikka ruju qo‘ygan va jamoat tartibini buzgan 100 dan ortiq yoshlarni qayta tarbiyalash uchun respublikaga olib keldi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Checheniston hukumati Moskvadan giyohvandlikka ruju qo‘ygan va jamoat tartibini buzgan 100 dan ortiq yoshlarni qayta tarbiyalash uchun respublikaga olib keldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Qodirov Mayk Pompeoga qarshi Chechenistonning barcha sanksiyalarini qo‘lladi

Grozniyda yoshlar bilan Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov uchrashdi. Uchrashuvda yoshlarning qarindoshlari, diniy idora vakillari va huquq tartibot organ xodimlari ishtirok etdi.

“Har kuni respublika rahbari Ramzan Qodirovga ijtimoiy tarmoqlarda hududni tark etgan aholi tomonidan sodir etiladigan qonunbuzarliklar haqida yozishadi, "mana sizlarniki buni sodir etdi" deb. Qodirov qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, odamlarni o‘ziniki va begonalarga ajratmaydi, sizlar chechen xalqining vakili hisoblanasizlar va noloyiq harakatlar chechen, musulmonning nomiga dog‘ tushiradi va biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Shuning uchun, biz sizlarga yordam berish va qarindoshlaringiz yordami bilan o‘z xatolaringizni tuzatishingiz uchun uyingizga qaytarib olib keldik”, - dedi Delimxanov.

Uning ta’kidlashicha, Checheniston raqiblari adashgan yigitlardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishi mumkin va respublika rahbariyati yoshlarni qutqarish, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishga harakat qilmoqda.

"O‘zini hurmat qiladigan har bir erkak o‘z vatani, xalqi, qadr-qimmati va sharafini himoya qilish va o‘lishga tayyor bo‘lishi zarur, ammo qandaydir ming-besh yuz rubl yoki bir hovuch tabletka deb mushtlashish to‘g‘ri kelmaydi, bu sharmandalik, qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar - Moskva, Sankt-Peterburg yoki boshqa hududda - bunga hech kim yo‘l qo‘ymaydi”, - dedi deputat.

Delimxanov ta’kidlashicha, tartibni buzganlarga mehnat orqali tarbiya beriladi: ular respublikaning shahar va viloyatlari ko‘chalarida turli ishlarga jalb qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0