20:52 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
65820

Bugun futbol maydoni kattaligida boʻlgan 2009 PQ1 asteroidi Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. Ayni vaqtda olimlar 15 mingga yaqin bunday asteroid aniqlagan.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Bugun futbol maydoni kattaligida boʻlgan 2009 PQ1 asteroidi Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti (INASAN) Quyosh sistemalari boʻlimining aspiranti Yekaterina Yefremova soʻzlariga koʻra, samoviy jism yerga hech qanday xavf tugʻdirmaydi, chunki u juda uzoq masofaga uchadi.

Asteroid 2009 PQ1 Moskva vaqti bilan soat 19.35da Yerdan toʻrt million kilometr uzoqlikda uchadi - bu bizdan Oygacha nisbatan yetti marta uzoqroq. Keyingi safar asteroid Yerga faqat 2137 yilda yaqinlashadi.

Asteroid 2009 yil 14 avgustda topilgan. Bu “Apollonlar” guruhiga tegishli, yaʼni uning parvoz yoʻli Yer orbitasini kesib oʻtdi.

Ural Federal Universitetining (UrFU) Fizika-texnologiya instituti professori Viktor Groxovskiy fikriga koʻra, bunday asteroidlar Yer orbitasini kesib oʻtganligi sababli juda xavfli. Ayni vaqtda 15 mingga yaqin bunday asteroid aniqlangan va ular kuzatib boriladi.

Asosiy mavzular