Rossiyadagi xavfli kasblar ma’lum qilindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v SITO im. N. N. Priorova
Gospital COVID-19 v SITO im. N. N. Priorova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yillardagi shunga o‘xshash tadqiqotlar bilan taqqoslaganda, shifokorlar ilk marta xavfli kasblar reytingida birinchi o‘rinni egallashdi.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiyada bu yilgi eng xavfli kasblar reytingida shifokorlar yetakchilik qildi. Ular konchi, o‘t o‘chiruvchi va harbiylarni ortda qoldirishgan. Bu haqda RIA Novosti SuperJob ish izlash servisi tadqiqotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Tadqiqot 296 ta aholi punktidagi ming nafar rossiyaliklarning ochiq so‘rovlari ma’lumotlariga asoslangan. So‘rov 30-iyuldan 3-avgustga qadar o‘tkazilgan.

“O‘tgan yillardagi shunga o‘xshash tadqiqotlar bilan taqqoslaganda, shifokorlar ilk marta xavfli kasblar reytingida birinchi o‘rinni egallashdi: avvallari ularning kasblarini 2-3 foiz rossiyaliklar eng xavfli deb atashardi, bugun esa har bir beshinchi fuqaro shunday fikrda”, - deyilgan tadqiqotda.

Soiskatel raboti - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya tufayli yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar aytildi

20 foiz rossiyaliklar bugungi kunda shifokorlar kasbining eng xavfli deb hisoblagan. 10 foiz rossiyaliklarning ishonchi komilki, hammadan ko‘proq konchilar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Yana 8 foiz rossiyaliklarning fikriga ko‘ra, eng xavfli ishni o‘t o‘chiruvchilar bajarishadi. Harbiylar va FVV qutqaruvchilar ishini 6 foiz rossiyalik xavfli deb biladi.

Bundan tashqari, haydovchi, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va siyosiy arbob kasblari 4 foiz rossiyaliklarning nazarida xavfli sanaladi.

So‘rovda ishtirok etganlarning ikki foizi uchuvchilar kasbini eng xavfli kasblardan biri ekanini aytgan. Jurnalist, o‘qituvchi va sapor kabslari bir foiz respondentlarning fikriga ko‘ra xavflidir.

“Hozir tibbiyot xodimlari pandemiya sababli ro‘yxatning birinchi qatorida. Shifokorlar kasbi – bu qahramonlik”, - deya keltirilgan rossiyaliklarning so‘zi tadqiqotda.

Yangiliklar lentasi
0