19:32 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
747 0 0

Taʼkidlanishicha, “Vektor” markazining koronavirusga qarshi vaktsinasi barcha qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda ishlab chiqilmoqda.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. “Vektor” markazining koronavirusga qarshi vaktsinasi barcha majburiy talablar va meʼyoriy tavsiyalar, shuningdek, klinikka qadar va klinik sinovlarni oʻtkazish qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmatining RIA Novostiga maʼlum qildi.

Avvalroq Telegraph gazetasi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakili Kristian Lindmayer Rossiya litsenziyani qoʻlga kiritishdan oldin vaktsinaning barcha zaruriy sinovlarini oʻtkazish zarurligini aytganini xabar qilgan edi.

“Yangi koronavirusga qarshi “EpiVakKorona” vaktsinasi Rospotrebnadzorning "Vektor" FBUN GNTS VB tomonidan Rossiya qonunchiligida koʻzda tutilgan barcha majburiy talablar va normativ tavsiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, "Vektor" BSST tavsiyalarini kuzatib bormoqda, vaktsinanining klinikka qadar va klinik tadqiqotlar protokollari ichki va jahon tajribasini hisobga olmoqda, tadqiqotlar oʻtkazish qoidalariga qatʼiy rioya qilish esa "Rossiya aholisi uchun xavfsiz va sifatli vaktsina ishlab chiqilishiga ishonch beradi".

Gamaleya nomidagi Milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginzburg avvalroq bolalarda koronavirus vaktsinasi faqat kattalardagi sinovlar tugagandan keyingina oʻtkazilishini maʼlum qilgan edi. Bolalarda dori vositasi sinovlari faqatgina 2021 yil yanvar-fevral oylarida boshlanishi mumkin.

Asosiy mavzular