Putin saylovdan bir kun oldin Lukashenkoga qo‘ng‘iroq qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V.Putin provel rossiysko-belorusskie peregovori
Prezident RF V.Putin provel rossiysko-belorusskie peregovori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasida dolzarb masalalar, xususan koronavirusga qarshi kurash, Belarus hududida RFning 33 nafar fuqarosi qo‘lga olinishi masalalarini muhokama qildilar.

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko juma kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda ikki davlat rahbarining matbuot xizmatlari xabar qildi.

Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Rossiya va Ukraina bosh prokurorlarini taklif qilish haqida topshiriq berdi

Suhbat Rossiya tomonining tashabbusi bilan 9-avgust kuni Belarusda yaqinlashayotgan prezident saylovlari, shuningdek respublikada 33 nafar Rossiya fuqarosi – go‘yoki Belarus Tergov qo‘mitasi tomonidan ommaviy tartibsizliklarni tayyorlashda gumon qilinayotgan xususiy harbiy kompaniyasining "jangarilari" hibsga olingani fonida bo‘lib o‘tdi.

Kremlning matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Putin va Lukashenko rossiyaliklarning hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat "ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka xos bo‘lgan o‘zaro tushunish ruhida" hal qilinishiga ishonch bildirdilar.

"Rossiya tomoni Belarusda barqaror ichki siyosiy vaziyat saqlanishidan va bo‘lajak prezident saylovlari tinch muhitda o‘tkazilishidan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi", - deyiladi bayonotda.

Belarus Respublikasi prezidentining matbuot xizmati, Putin, xususan, "qardosh Belarus-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirish muhimligini va ularning yomonlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan uchinchi kuchlarning salbiy tendensiyalari va harakatlariga qarshi turish zarurligini" ta’kidlaganini ma’lum qildi.

Davlat rahbarlari Rossiya fuqarolarining hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat "jiddiy tarzda" o‘rganish zarurligini ta’kidladilar.

"Prezidentlar mavjud vaziyatning asl sabablarini aniqlash, aybdorlarni topish va ularni javobgarlikka tortish uchun mavjud bo‘lgan barcha dalillarni sinchkovlik bilan o‘rganishga kelishib oldilar", - deyiladi bayonotda.

Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova avvalroq Belarusda rossiyaliklarning hibsga olinishi atrofidagi vaziyatni "spektakl" deb atagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar o‘z vatanlariga qaytarilishi kerak, chunki ularning aybi isbotlanmagan.

“Komsomolskaya pravda” juma kuni, Belarus xavfsizlik idoralari tomonidan hibsga olingan RF fuqarolari Ukraina maxsus xizmatlari uyushtirgan fitna qurbonlari bo‘lganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0