15:36 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
283 0 0

Mustaqillikka erishgan Belarus tarixidagi oltinchi prezident saylovlari 9 avgust kuni boʻlib oʻtmoqda. Prezident lavozimi uchun 5 nomzod kurash olib bormoqda.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Bugun, 9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Belarus nashri.

Bu mustaqillikka erishgan Belarus tarixidagi oltinchi prezident saylovlari sanaladi.

Saylov uchastkalari soat 08:00 da ochiladi va soat 20:00 gacha ishlaydi. Soʻngra ovozlarni hisoblash boshlanadi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi saylovning dastlabki natijalarini dushanba kuni ertalab eʼlon qilishni vaʼda bermoqda.

Roʻyxatdan oʻtgan besh nomzod prezidentlik kursisi uchun kurash olib borishmoqda: Aleksandr Lukashenko (amaldagi prezident), Sergey Cherechen (Belarus sotsial-demokratlar partiyasi raisi), Anna Kanopatskaya (sobiq deputat, tadbirkor, huquqshunos), Andrey Dmitriyev  (jamoat arbobi, “Govori pravdu” birlashmasi hamraisi), Svetlana Tixanovskaya (roʻyxatdan oʻtish rad etilgan gomellik blogerning rafiqasi).

Sputnik
Dosrochnoye golosovaniye na vыborax prezidenta Belorussii

4 avgust kuni boshlangan muddatidan oldin ovoz berishda 40 foizdan ziyod saylovchilar oʻz ovozlarini berib boʻlishgan.

Asosiy mavzular