Lavrov koronavirus mavzusini ro‘kach qilib nayranglar qilish mumkin emasligini aytdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v SITO im. N. N. Priorova
Gospital COVID-19 v SITO im. N. N. Priorova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva koronavirus yoki bioterrorizm mavzusini manipulyatsiya qilish mumkin emas deb hisoblaydi - Sergey Lavrov.

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Moskva koronavirus yoki bioterrorizm mavzusini manipulyatsiya qilish mumkin emas deb hisoblaydi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Argumenti i fakti" gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Vrach-virusolog, direktor nauchnogo informatsionnogo sentra po profilaktike i lecheniyu virusnix infeksiy Georgiy Vikulov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasi 2-yilgacha immunitetni shakllantirishi mumkin - Vikulov

Vazir ta’kidlashicha, terrorchilar tomonidan COVID-19 ishlatilishi xavfi haqida ko‘plab mish-mishlar mavjud.

"Ammo dunyoning ba’zi mintaqalarida terrorchilar pandemiya sharoitlari va u bilan bog‘liq qiyinchiliklardan foydalanib, o‘zlarining ta’sirini kengaytirish, vahima va odamzodga qarshi g‘oyalarini tarqatish, shuningdek, o‘z tarafdorlari saflarini, birinchi navbatda inqiroz davrida hokimiyatning harakatlaridan norozilar hisobiga to‘ldirishga urinishmoqda", - deydi u.
Bioterrorizm xavfi mavzusi xalqaro maydonlarda ko‘p yillardan beri muhokama qilinmoqda va hozirgi vaziyat tabiiyki bunday munozaralarni rag‘batlantiradi, deb hisoblaydi yuqori martabali diplomat.

"Pandemiya mavzusi yoki uning tashqarisida biz koronavirus yoki bioterrorizm mavzusini konyuktura maqsadlarida, shu jumladan boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga mafkuraviy va ma’naviy bosimni kuchaytirishga qaratilgan provokatsion bayonotlar va buzg‘unchi axborot kampaniyalari shaklida ishlatilishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat deb hisoblashimizni qo‘shib o‘taman", - dedi Lavrov.

Vazir, shuningdek, terrorchilar qo‘liga xavfli kimoviy va biologik vositalarning tushishining oldini olish, shuningdek, kimoviy va biologik qurollarni ishlab chiqarish texnologiyalari muammosiga e’tibor qaratdi. Lavrov 2016-yil mart oyida Rossiya qurolsizlanish bo‘yicha Jeneva konferensiyasida kimoviy va biologik terrorizm harakatlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyani (MKXBT) ishlab chiqish bo‘yicha taklifni kiritganini eslatdi.

“Ushbu tashabbus tobora kengayib borayotgan, tizimli va transchegaraviy xarakterga ega bo‘lgan OMU-terrorizmining sifat jihatidan yangi tahdidiga tez va samarali javob berishga imkon bermaydigan xalqaro huquqdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yo‘naltirilgan. Xalqaro hujjatlarda mavjud bo‘lgan terrorizmga qarshi qoidalar amaliyotda chegaralangan, chunki ular ma’lum maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqilgan. Rossiya tomonidan taklif etilgan xalqaro konvensiya, u hal qilishi mumkin bo‘lgan masalalar nuqtayi nazaridan ko‘p qirralidir, chunki u tarqatmaslik, qurolsizlanish va terrorizmga qarshi kurash chorrahasida joylashgan. Bu kabi jinoiy xatti-harakatlarning yaqqol jinoiy yo‘naltirilganligini aniqlashi bilan, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qilish normalarini belgilagani juda muhimdir”, - deya tushuntirdi vazir.

Lavrovning ta’kidlashicha, konvensiyaning ishlab chiqilishi boshqa davlatlarning manfaatlariga zarar yetkazmaydi, uning qabul qilinishi esa "istisnosiz barcha davlatlar xavfsizligini milliy, mintaqaviy va global darajada kuchaytirishga yordam beradi".

Bundan tashqari, u MKXBT tashabbusi "umuman qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada muzokaralar olib borilishiga to‘sqinlikni olib tashlanishiga haqiqiy vosita bo‘lishi mumkin", - deya qo‘shimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0