03:25 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
100410

Rossiya MiG-31bm qiruvchi samolyoti Barents dengizi ustida chegaraga yaqinlashib kelayotgan AQSH razvedka samolyotini toʻxtatib qoldi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiya qiruvchilari Barents dengizi osmonidan AQSH samolyotini toʻxtatdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Federatsiyasining Milliy mudofaa nazorati markaziga asosan xabar qildi.

13 avgust kuni Rossiyaning Barents dengizidagi neytral suvlar ustidan fazoviy nazorat qilish moslamalari Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasiga yaqinlashayotgan nishonni payqab qoldi. Nishonni aniqlash uchun Shimoliy flotning havo mudofaa kuchlari navbatchilikda boʻlgan MiG-31bm qiruvchi samolyot havoga koʻtarildi.

Rossiya qiruvchi ekipaji xavfsiz masofada AQShning R-8A "Poseydon" samolyotini aniqladi.

Amerika samolyoti Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasidan burilgandan soʻng, Rossiya qiruvchisi aerodromga qaytdi. Rossiyaning MiG-31bm qiruvchi samolyotining parvozi havo maydonlaridan foydalanish boʻyicha xalqaro qoidalarga qatʼiy muvofiq amalga oshirildi.

Amerika harbiy samolyotiga Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini buzishga yoʻl qoʻyilmadi.

AQSH va NATO samolyotlari Rossiya chegarasi yaqinida muntazam ravishda razvedkani amalga oshiradilar. Ular koʻpincha Qrim va Krasnodar hududi yaqinida, Boltiq dengizi ustida va Suriyadagi Rossiya Mudofaa vazirligining bazalar atrofida qayd etilgan.

Asosiy mavzular