22:27 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
155 0 0

Dushanba kuni Tolo News telekanali prezident saroyidagi manbaga tayanib Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani 400 nafar toliblarni ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekkanini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Afgʻoniston hukumati qolgan 400 tolibni ozod qilish jarayonini boshladi, kuni kecha ularning 80 nafari ozod etildi, deb habar beradi RIA Novosti Milliy xavfsizlik kengashi idorasi maʼlumotiga tayanib.

Dushanba kuni Tolo News telekanali prezident saroyidagi manbaga tayanib Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani 400 nafar toliblarni ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekkanini maʼlum qildi.

"Kecha Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati Loyya Jirga tomonidan tasdiqlangan 400 tolib-mahkumining 80 nafarini toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar va mamlakatda oʻt ochishni toʻhtatishni barqaror ushlab turishni tezlashtirish uchun ozod qildi", - deyiladi idoraning Tvitteridagi bayonotda.

Avvalroq, Tolo News 9 avgust, yakshanba kuni Afgʻoniston halq vakillari Umummilliy Yigʻilishi (Loyya Jirga) aʼzolari “Tolibon” radikal harakatining qolgan 400 aʼzosini ozod qilishga qaror qilgani haqida xabar bergan. Keyinroq Afgʻonistonning RTA teleradiokompaniyasi oʻz manbalariga tayanib, muzokaralar 16 avgustda boshlanishi mumkinligini maʼlum qildi.

Fevral oyi oxirida Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda AQSH va Afgʻoniston “Tolibon” radikal xarakati 18 yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik bitimini imzoladilar, bu hujjat chet el qoʻshinlarining Afgʻonistondan 14 oy ichida olib chiqilishini va asirlar almashinuvi bitimi tuzilgandan keyin afgʻonlararo muloqot boshlanishini koʻzda tutadi. Iyul oyi oʻrtalariga kelib, AQSH harbiylari ushbu kelishuv doirasida Afgʻonistondagi beshta bazani tark etdilar.

Asosiy mavzular