14:30 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
39930

Yevroittifoqining 24 davlati vakillari “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi yangi sanktsiyalarni joriy etish rejalari yuzasidan AQShga norozilik bildirishdi.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Germaniyaning Welt gazetasi, Yevroittifoqining 24 davlati vakillari “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi yangi sanktsiyalarni joriy etish rejalari yuzasidan AQShga norozilik bildirishganini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Yevropa delegatsiyasi AQSH Davlat departamentiga oʻz noroziligini 12 avgust kuni boʻlib oʻtgan videokonferentsiya chogʻida bildirgan. Shu bilan birga, bu qanday darajada amalga oshirilgani aytilmagan, deb yozadi RIA Novosti.

Tarkib jihatidan norozilik YEIning tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Josep Borrellning 17 iyuldagi bayonotiga oʻhshaydi. Bayonotda aytilishicha, Yevroittifoqni Vashington tomonidan Yevropa kompaniyalariga, shu jumladan “Shimoliy oqim-2” loyihasi bilan bogʻliq kompaniyalarga, sanktsiyalarni qoʻllashi yoki qoʻllash tahdidlari tez-tez uchrayotgani holatlari havotirga solmoqda.

Iyul oxirida AQSH Senati “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi qoʻshimcha cheklovchi choralarni koʻzda tutuvchi yangi mudofaa byudjetini tasdiqladi. Unga muvofik amaldagi sanktsiyalar quvurlarni yotqizish bilan shugʻullanayotgan tashkilotlarga va ular bilan bogʻliq sugʻurta kompaniyalariga nisbatan qoʻllaniladi.

Avvalroq Sputnik radiosi RF TIV “Shimoliy oqim-2”ni qayta tiklash istiqbollarini baholaganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular