Tojikiston Rossiyadan COVIDga qarshi vaksina xarid qiladi

Obuna bo‘lish
Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Rossiya bilan koronavirusga qarshi vaksina sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi respublika SSV matbuot markazi.

Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID 19 ga vaksinani ro‘yxatga oldi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 ga qarshi vaksinani ro‘yxatga oldi - video

Tojikistondan tashqari vaksina xarid qilish uchun navbatda yana 26ta davlat turibdi.

Davlat sanitar-epidemiologik nazorati xizmati rahbari o‘rinbosari Navro‘z Jafarovning so‘zlariga ko‘ra, xarid bo‘yicha muzokaralar oldinroq imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar doirasida barcha, shu jumladan diplomatik kanallar bo‘yicha olib borilmoqda.

"Tojikiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida bitim mavjud. Bizga yordam ko‘rsatilishi yoki shu vaksinani sotishlariga umid qilamiz", - deb aytgan Jafarov.

Binnofarm farmatsevtika zavodida COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayoni  - Sputnik O‘zbekiston
Hamma kutapti: COVID-19'ga qarshi vaksina qanday ishlab chiqarilmoqda

U shuningdek, bu qanchalik tez sodir bo‘lishi hozircha noma’lumligini, chunki Rossiyada ishlab chiqarilayotgan vaksina hajmi ommaviy savdoga chiqarish uchun yetarli emasligini tushuntirdi.

Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligida ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, u Tojikiston uchun zarur bo‘lgan vaksina miqdorini hisob-kitob qilmoqda.

"Hisob-kitoblarda odamlarning ma’lum miqdori COVID-19 bilan bemorlanishi va ularda antitanachalar hosil bo‘lishi tufayli, emlanishga zarurat qolmasligi inobatga olinadi. Antitanachalar ikki yilga yaqin muddat insonni muhofaza qiladi", - deydi Navruz Jafarov.

Vaksinani birinchi navbatda, qandli diabet, nafas olish tizimi kasalliklariga chalingan bemorlar, tibbiyot xodimlari va chegara muhofazasi bilan shug‘ullanadigan insonlar oladi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyaning COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinasi 2020-yilning 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Tez orada u ommaviy ishlab chiqarishga qo‘yiladi, oktabr oyida esa Rossiyadagi xatar toifasiga kiradigan fuqarolar vaksinatsiyasi boshlanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0