19:07 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
460 0 0

Shuningdek, amaldagi prezident Belarusning turli korxonalarida roʻy berayotgan noroziliklarga izoh berdi: uning soʻzlariga koʻra, ishlarning toʻxtatilishi bozorlarni yoʻqotishga olib keladi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Aleksandr Lukashenko oʻzining Belarusni tark etganligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.

"Avvalo, maʼlum qilmoqchimanki, men hozircha tirikman, chet elga ham chiqib ketganim yoʻq, ayrim "xabardorlar" koʻpirtirayotgani kabi. Bugun 14 sana, biz siz bilan qurilish sohasidagi ishlarni muhokama qilish uchun uchrashib turibmiz", - dedi u majlisda.

Shuningdek, amaldagi prezident turli belarus korxonalaridagi norozilik aktsiyalariga sharh berdi: uning aytishicha, ishning toʻxtatilishi bozorlarni boy berishga olib keladi.

"Agar ular ikki kun ish tashlash qilsa, u holda raqiblar — rossiyaliklar va kanadaliklar — shukr qiladi. Va tezda bozorga yetkazishi kerak boʻlgan narsani yetkazadi. <...> Agar biz toʻxtasak, hech qachon oʻz ishlab-chiqarishimizni tarqata olmaymiz. Hech qachon! Bizni bu botqoqqa itarib yuborishadi ham. Odamlarga buni tushuntirish lozim: istasangiz - ish tashlang, ishlashni xohlasangiz - ishlang", — deya taʼkidladi Lukashenko.

Belarusdagi protestlar

Yakshanba kuni respublikada prezident saylovlari boʻlib oʻtdi va unda, MSK maʼlumotlariga koʻra, 80 foizdan ortiq ovoz bilan, Aleksandr Lukashenko gʻolib boʻldi.  Ikkinchi oʻrin Svetlana Tixanovskayaniki — 10,09 foiz. Ayol shtabi natijalarni tan olmasligini maʼlum qilgan: siyosatchi vakillarining soʻzlariga koʻra, u uchun fuqarolarning 70-80%i ovoz bergan.

Minsk va mamlakatning boshqa shaharlarida saylov uchastkalari yopilgach, sanktsiyalanmagan protest aktsiyalari boshlandi va bir necha kundirki ular tingani yoʻq.

Eng murakkab holat poytaxtda kuzatildi: namoyishchilar barrikadalar qurib, tarqalishdan bosh tortdilar, kuch vakillari ommani tarqatish uchun suvotarlar, koʻz yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari va rezina oʻqlardan foydalandilar.

Bir kishi qurbon boʻldi, koʻpchilik kasalxonaga tushgan. Yetti mingga yaqin odamlar qoʻlga olindi, payshanba kuni kechqurun ularni izolyatorlardan chiqara boshladilar.

Kuni kecha BelAZ zavodi ishchilari Jodinoda milliy ish tashlash eʼlon qilish daʼvati bilan chiqish qilishdi. Shu bilan birga, zavod matbuot-xizmati korxonada hech qanday miting oʻtkazilmayotgani, balki ishchilarning rahbariyat va shahar maʼmuriyati bilan uchrashuvi boʻlib oʻtayotganini maʼlum qildilar.

Bugun "Grodno-Azot" va Jlobadagi BMZ korxonalari ishchilari norozilik namoyishlariga chiqdilar.

Asosiy mavzular