19:03 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
468 0 0

“Rostex” tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Rosgvardiya xodimlari uchun ixcham “Poloz” toʻpponchasi ixtiro qilindi.

OSHKENT, 14 avg — Sputnik. “Rostex” IIV va Rosgvardiya xodimlari uchun ixcham “Poloz” toʻpponchasini ixtiro qildi.

"Poloz" 50 metrgacha masofada otish uchun moʻljallangan. Qurolni minus 50 dan plyus 50 darajagacha boʻlgan haroratda qoʻllasa boʻladi.

Magazin sigʻimi – 15-18 dona 9x19 millimetrli oʻq.

Yangi toʻpponcha oddiy armiya modeliga qaraganda kichikroq va yengilroq boʻlib, uni yashirin olib yurishga moʻljallangan.

Rostex bosh direktori Albert Bakov soʻzlariga koʻra, yangi qurol foydalanish uchun qulay, ishonchli va oddiy, bu tezkor xizmat xodimlari uchun juda muhim.

Toʻpponcha keng jamoatchilikka "Armiya-2020" xalqaro harbiy-texnik forumida namoyish etiladi.

Asosiy mavzular