14:31 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
626 0 0

AQSH hukumatining Belarusdagi prezidentlik saylovlari atrofidagi vaziyatga munosabati toʻgʻrisida yakuniy qarori hali qabul qilinmagan boʻlsa-da, bu okean ortidan yaqqol signaldir, deydi siyosatshunos, RUDN qiyosiy siyosatshunoslik kafedrasi professori Yuriy Pochta.

Belarusdagi saylovlar erkin boʻlmagan deb hisoblagan AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo ushbu mamlakatga qarshi sanktsiyalar, shu jumladan, neft yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyishini istisno qilmadi. Shu bilan birga, u ehtimoliy cheklov choralarining maqsadi "Belarus xalqi uchun yaxshi natijaga erishish" ekanligini taʼkidladi.

Siyosatshunos, RUDN universitetining qiyosiy siyosatshunoslik kafedrasi professori Yuriy Pochta, Pompeoning bu soʻzlari - okean ortidan kelgani yaqqol signaldir, deb yozmoqda Sputnik Belarus.

"Jahon jamoatchiligi eʼtibori jalb etilib boʻldi. Shuning uchun Pompeo, Yevropa Ittifoqi oʻz munosabatini bildirdi, qoʻshni davlatlarning vaziyatdan chiqish yoʻlini izlash rejalari paydo boʻldi, Nobel mukofoti laureatlarining chaqiriqlari yangradi ... Va bu endi Lukashenkoga muholifatda boʻlganlarning katta yutugʻidir. Va endi bu vaziyatni xalqaro maydonlarda koʻrib chiqilishi boshlanadi, " - deydi Pochta.

Eslatib oʻtamiz, 9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Markaziy saylov komissiyasining maʼlumotlariga koʻra, gʻalabaga 80 foizdan koʻproq ovoz toʻplagan, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko erishdi. Yakshanba kuni kechqurun Minsk va respublikaning boshqa shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilarni tarqatish uchun huquqni muhofaza qilish idoralari maxsus vositalar va maxsus texnikadan foydalandi. Toʻrt kun davomida mamlakatda yetti mingga yaqin odam hibsga olindi.

Asosiy mavzular