13:34 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
480 0 0

Rossiya koronavirusga qarshi vaktsinani ishlab chiqishda AQShga "misli koʻrilmagan hamkorlik"ni taklif qilgan.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Rossiya koronavirusga qarshi vaktsinani ishlab chiqishda AQShga "misli koʻrilmagan hamkorlik"ni taklif qilgan, deb maʼlum qildi CNNga ismi oshkor qilinmagan Rossiya amaldorlari. Biroq, AQSH Rossiyaning tibbiy ishlanmalariga "ochiq" emasligini maʼlum qilib, rad etdi.

"Amerika tomonining Rossiyaga nisbatan umumiy ishonchsizligi sezilib turiladi va biz, texnologiyalarni, shu jumladan vaktsinalar, sinovlar va davolanishni AQSH aynan ishonchsizlik tufayli qabul qilmaydi deb hisoblaymiz", - deya manbaning soʻzlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

CNN maʼlumotlariga koʻra, Moskva dori vositasining ishlab chiqishini tezlashtirishga qaratilgan "Sverxzvukovaya skorost" operatsiyasi doirasida oʻz yordamini taklif qildi. Hamkorlik "Sputnik V" vaktsinasini AQShda ishlab chiqarishga imkon berishini koʻzda tutgan edi. Ismi oshkor qilinmagan Rossiya amaldori Amerika tomonini taklifni qabul qilishga chaqirgan.

"Agar bizning vaktsinamiz eng samaralilardan biri deb topilsa, unda: nega AQSH ushbu imkoniyatni chuqur oʻrganmadi va nega siyosat vaktsinadan ustun chiqdi, degan savollar tugʻiladi", - dedi u.

Shu bilan birga, telekanal maʼlum qilishicha, amerikalik amaldorlarning fikriga koʻra, AQShda Rossiyaning vaktsinasi "shu qadar toʻliq ishlanmagan deb hisoblanadiki, u hatto jiddiy qiziqish ham uygʻotmadi".

Rossiya seshanba kuni “Sputnik V” deb nomlangan, barcha zarur tekshiruvlardan oʻtgan va barqaror immunitetni shakllantiradigan dunyoda birinchi COVID-19ga qarshi vaktsinani roʻyxatga olganini eʼlon qildi.

Hozirda AQShda oʻz vaktsinasi sinovlarining uchinchi bosqichi olib borilmoqda va uni yil oxirigacha olishga umid qilinmoqda.

Avvalroq N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan "Sputnik V" koronavirusga qarshi vaktsina, olimlar fikriga koʻra, koronavirusdan himoyani kamida ikki yil davomida taʼminlash imkoniyatiga ega ekanligi haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular