19:03 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
1680 0 0

AQSH Geologik xizmati mutaxassislari Kaliforniyada zilzila yuz berishi mumkinligi va u falokatga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. AQSH Geologik xizmati mutaxassislari Kaliforniyada zilzila yuz berishi mumkinligi va u falokatga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi "Planeta Novosti" portali.

OAV xabarlariga koʻra, oxirgi paytlari Solton-Si koʻli atrofida 2,6-4,6 ball magnitudali silkinishlar qayd etilgan. Xususan, 10 avgust dushanba kuni datchiklar San-Andreas yorigʻi boʻylab oʻndan ortiq qisqa muddatli silkinishlarni qayd etdi.

Yorigʻlar chizigʻi boʻylab silkinishlar soʻnggi 90 yil ichida toʻrtinchi marta qayd etilmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, keyingi 30 yil ichida ushbu geografik kengliklarda halokatli kuchga ega seysmik hodisa vujudga kelish ehtimoli 20% ni tashkil etadi. Geologik xizmat ehtimoliy ofat belgilarini kuzatishda davom etmoqda.

Avvalroq Sputnik radiosi vulqonshunos-olim Ivan Kulakov yaqin kelajakda Yerda global iqlim oʻzgarishiga olib kelishi mumkin boʻlgan vulqonning katastrofik otilishini roʻy berishi mumkinligini taʼkidlaganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular