19:06 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
1376 0 0

Sal oldin CNN tarqatgan xabarga koʻra, Moskva dori vositasining ishlab chiqishini tezlashtirishga qaratilgan "Sverxzvukovaya skorost" operatsiyasi doirasida AQShga oʻz yordamini taklif qilgan

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyada roʻyxatdan oʻtkazilgan koronavirusga qarshi vaktsina "ish berishiga" umid qilmoqda.

Rossiya dunyoda birinchi boʻlib COVID 19 ga vaktsinani roʻyxatga oldi
Ruptly / RFPI / WHO / Dmitriy Kurakin/Press-slujba Minzdrava Rossii

"Bizning bu haqda ozgina xabarimiz bor. <...> Ular ayrim tadqiqotlarni olib tashlashgan. Biz bu jarayondan oʻtish juda muhim deb hisoblaymiz", - deb aytgan davlat rahbari matbuot-anjmanida.

Oʻz navbatida, AQSH vaktsina ishlab chiqishda "juda oldinlaganini" qoʻshimcha qilgan.

Sal oldin CNN tarqatgan xabarga koʻra, Moskva dori vositasining ishlab chiqishini tezlashtirishga qaratilgan "Sverxzvukovaya skorost" operatsiyasi doirasida AQShga oʻz yordamini taklif qilgan, hamkorlik "Sputnik V" vaktsinasini AQShda ishlab chiqarishga imkon berishini koʻzda tutgan edi.

Biroq, AQSH Rossiyaning tibbiy ishlanmalariga "ochiq" emasligini maʼlum qilib, rad etgan.

Rossiya seshanba kuni "Sputnik V" deb nomlangan, barcha zarur tekshiruvlardan oʻtgan va barqaror immunitetni shakllantiradigan dunyoda birinchi COVID-19ga qarshi vaktsinani roʻyxatga olganini eʼlon qilgan edi.

Dunyoning 20dan ortiq davlati ushbu vaktsinani xarid qilish uchun navbatda turibdi.

Shu bilan birga, Rossiya beshta davlatida vaktsina ishlab chiqarish toʻgʻrisida kelishuvga erishgan, mavjud quvvatlar yiliga 500 million dozani ishlab chiqarish imkonini beradi.

Asosiy mavzular