Donald Trampning ukasi vafot etdi

© REUTERS / ALEXANDER DRAGOPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Trampning ukasi Robert Tramp 72 yoshida vafot etdi. Robert Tramp ilgari akasining Trump Organization​ nomli kompaniyasida boshqaruvchi lavozimida ishlagan edi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning ukasi Robert Tramp 72 yoshida vafot etdi.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
AQSh COVID-19 vaksinasini ishlab chiqishda Rossiya yordamini rad etgan - CNN

"Yurakda og‘riq bilan ukam Robert bugun kechqurun vafot etganini ma’lum qilmoqchiman. U nafaqat ukam, balki eng yaqin do‘stim edi. Biz uni sog‘inib qolamiz, biroq yana u bilan uchrashamiz. U haqidagi xotira yuragimda abadiy qoladi. Robert, men seni yaxshi ko‘raman", - deb yozilgan prezident bayonotida.

Robert Tramp avvalroq Nyu-Yorkdagi shifoxonaga og‘ir ahvolda yotqizilgandi. AQSh prezidenti shifoxonada davolanayotgan ukasini 14-avgustda yo‘qlagandi. 

Robert Tramp ilgari akasining Trump Organization​ nomli kompaniyasida boshqaruvchi lavozimida ishlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0