Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi

© FacebookVnuk prezidenta Kazaxstana Nursultana Nazarbayeva Aysultan
Vnuk prezidenta Kazaxstana Nursultana Nazarbayeva Aysultan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Londonda Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev vafot etdi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Nursulton Nazarboyevning nevarasi, mamlakat senati sobiq raisi Dariga Nazarboyevaning o‘g‘li Oysulton Nazarboyev vafot etdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston Zakon.kz nashriga asosan xabar qildi. 

Nurali Aliyev - Sputnik O‘zbekiston
London sudi Nazarboyev nevarasi yashayotgan hashamatli uyi bilan qiziqmoqda

Bugun kechasi Londonda Oysulton Nazarboyev vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda yurak urishi to‘xtagan. O‘limning asl sababi aniqlashtirilmoqda.

Oysulton 30 yoshda edi.

Oysulton Nazarboyevning tarjimai holi

Oysulton Raxatovich Aliyev – qozog‘istonlik futbolchi, biznesmen, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi va Dariga Nazarboyevaning o‘g‘li.

Sandxerstdagi Britaniya Qirollik harbiy akademiyasini (2009-2010y.), KIMEP universitetining biznes boshqaruvi magistraturasini (Olmaota) bitirdi. Qozog‘iston Mudofaa vazirligining bosh razvedka boshqarmasida ishladi (2012-2013).

Otasi Avstriyada elchi bo‘lib ishlagan vaqtda Oysulton “Admira Vakker” klubida futbol bilan shug‘ullanishni boshladi. 2006-yilda u "Raxat" uchun Qozog‘iston birinchi ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi, 2007-yilda "Jeleznodorojnik" (Olmaota) klubi tarkibida bo‘lgan. 2006-yil futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining saralash turnirida ishtirok etdi.

Ikki-uch oy "Chelsi" akademiyasida o‘tkazdi. Angliya chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

2017 yil fevral-oktabr oylarida - Qozog‘iston futbol federatsiyasining FIFA, UYeFA va milliy assotsiatsiyalar bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0