22:44 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
753 0 0

Belarusda vaziyat keskinlashishi va tashqi tahdidlar yuzaga kelgan taqdirda ikki davlat rahbarlari KXSHT shartnomasiga muvofiq javob berishga kelishib oldilar.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Yakshanba kuni Rossiya va Belarus prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Belarus prezidentining matbuot xizmati xabar qildi.

“Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi. Rossiya prezidenti mamlakatimizdagi vaziyat yuzasidan oʻz qarashlarini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Suhbat davomida barcha dolzarb masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi. Prezidentlar "tashqi tahdidlar nuqtai nazaridan vaziyat yomonlashsa, tomonlar Kollektiv xavfsizlik shartnomasida koʻzda tutilgan qoidalarga muvofiq birgalikda harakat qilishga" kelishib oldi.

"Aleksandr Lukashenko Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan keyin yuzaga kelgan vaziyat haqida maʼlumot berdi. Ikkala tomon ham yuzaga kelgan barcha muammolar tez orada hal qilinishiga ishonch bildirdi", - deyiladi Kreml bayonotida.

Minsk va Moskva vayronkor kuchlar mavjud muammolardan foydalanmasliklari kerak degan fikrni bildirdi. Chunki ular Ittifoq davlati doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikka zarar yetkazmoqchi.

"Bir kun oldin Belarusa hibsga olingan 32 nafar fuqaroning Rossiyaga qaytishi munosabati bilan ushbu masala boʻyicha tegishli idoralarning yaqin hamkorligi ijobiy baholandi", - deb taʼkidlandi Rossiya prezidenti matbuot xizmati.

Asosiy mavzular