TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda oʻz tarafdorlari oldida nutq soʻzladi.
Lukashenko aytgan asosiy fikrlar:
- “NATO qoʻshinlari darvozamiz oldida gusenitsa bilan gʻijirlamoqda”. "Qoʻgʻirchoq oʻynatuvchilar" Belarusning gʻarbiy chegaralarini Brest yaqinida emas, Minsk yaqinida koʻrishmoqda, bu amalga oshmaydi.
- “Biz Rossiya va Yevropa oʻrtasida sanitar zonaga aylanmasligimiz kerak, biz Yevropa uchun hojatxonaga aylanmasligimiz kerak.
- Litva, Latviya, Polsha va afsuski, qardosh Ukraina bizga yangi saylovlar oʻtkazishni buyurmoqda. Agar biz ularning koʻrsatmalariga amal qilsak, biz xalq sifatida halok boʻlamiz.
- Agar belaruslar islohotlarni istasa, hukumat ularni ertaning oʻzida boshlaydi.
- “Saylovlar boʻlib oʻtdi, 80 % soxtlashtirib boʻlmaydi". "men bu yerda hokimiyatga yopishib qolganim uchun turganim yoʻq. Chorak asr davomida yoshligimni, eng yaxshi kunlarimni sizga xizmat qilishga sarfladim, meni qulatsangiz, bu siz uchun intihoning boshlanishi boʻladi”.
- “Men oʻlsam ham, davlatni topshirishingizga yoʻl qoʻymayman”.
- Lukashenko raqiblarini ogohlantirdi: harbiylarni "qoʻrqitish" kerak emas - bu "olov bilan oʻyin". "Davlat OAV jurnalistlariga, ularning oilalariga tegmanglar, xudo koʻrsatmasin, ular bilan bir narsa boʻlsa, toʻliq javob berasizlar".
Belarus IIV maʼlumotlariga koʻra, Lukashenkoni qoʻllab-quvvatlash mitingida 65 ming kishi ishtirok etdi.
Poytaxtning boshqa joyida – Gʻoliblar shoh koʻchasida aholi norozilik namoyishiga yigʻilmoqda.