"Immunitet - najot emas". BSST COVID-19 vaziyati bo‘yicha o‘z prognozini berdi

CC0 / Pixabay / PIRO4D / Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19
Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 21,5 milliondan ortiq kasallanish holati aniqlangan, 767 mingdan ortiq odam vafot etdi.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Yer yuzi hali beri koronavirus infeksiyasini to‘xtatish uchun zarur immunitet darajasiga yetgani yo‘q, dedi BSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan brifingda.

"Ayni damda biz, dunyo aholisi, ushbu kasallikni to‘xtata oladigan immunitet darajasiga hali yetmadik. Va biz kollektiv immunitet bizga najot bo‘lishi mumkinligi umidida yashamasdan, balki e’tiborimizni virus tarqalishini cheklash uchun nima qilishimiz kerakligiga qaratishimiz kerak. Hozirda kollektiv immunitet haqida umidlar yechim emas", - Rayanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

11 mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 21,5 milliondan ortiq kasallanish holati aniqlangan, 767 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Avvalroq Sputnik radiosi XXRda koronavirusga qarshi vaksinani bozorga chiqarish muddatlari belgilanganligini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0