Suriyada Rossiya general-mayori qurbon bo‘ldi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v Sirii
Rossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v Sirii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada, avtokolonnaga qilingan hujum oqibatida yuqori lavozimli Rossiya harbiy mutaxassisi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT,18 avg — Sputnik. Suriyada avtokolnnaga uyushtirilgan hujum oqibatida general-mayor unvonidagi Rossiya katta harbiy maslahatchisi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga asosan. 

Portlash oqibatida yana ikki nafar Rossiyalik harbiy jarohat olgan. Voqea Dayr-az-Zor hududi yaqinida sodir bo‘lgan. Harbiy avtokolonni gumanitar aksiyadan qaytayotgan vaqtda avtomobil yaqinida qo‘lbola portlovchi moslama ishga tushirilgan. 

Yuqori lavozimli ofitser darhol evakuatsiya qilinishiga qaramasdan shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan. General nomzodi vafotidan so‘ng davlat mukofotiga taqdim etilgan, deyilgan xabarda. 

Ma’lumot uchun, Rossiya harbiylari o‘tkazgan  muvaffaqiyatli harbiy opreratsiyalar tufayli Suriya hududining katta qismi terrorchi guruhlaridan ozod qilindi. Shuningdek Rossiya va Turkiya Suriya shimooliy hududlarida birgalikda patrul nazorati olib borish tartibini yo‘lga qo‘yishdi. Har tomondan siquvga olingan terrorchi guruhlar oxirgi vaqtlarda "partizan kurashiga" o‘tishgan. So‘nggi 2 oy davomida rus-turk qo‘shma patrul kolonnasiga bir necha bor portlovchi moslamalar yordamida hujumlar uyushtirildi. 

Yangiliklar lentasi
0