22:57 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
560 0 0

Rossiya quvur yotqizuvchi kemalariga harbiy dengiz floti hamrohligi xorijiy kemalar tomonidan dushmanlik harakatlarining oldini olishga imkon berdi.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Rossiya Harbiy-dengiz floti (HDF) kemalari "Shimoliy oqim-2" qurilishiga jalb qilingan quvur yotqizuvchi kemalari oʻtishini taʼminlab, xorijiy flotlar tomonidan provokatsiyalarni oldini olishga imkon yaratdi, deb xabar berdi Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Mixail Popov RIA Novosti-ga.

RF HDF kemalari bu yil bahorida Vladivostokdan Kaliningradga oʻtgan “Akademik Cherskiy” quvur yotqizuvchisi va “Ostap Sheremet” hamda “Ivan Osipenko” taʼminot kemalariga hamrohlik qilgan. "Fortuna" quvur yotqizuvchi kemasi Germaniyaga iyul oyida yetib keldi.

"Rossiya quvur yotqizuvchilarining yurishi xavfsizligini Rossiya HDF kemalari taʼminladi, aynan ularning hamrohligi xorijiy flot kemalari tomonidan dushmanlik harakatlarining oldini olishga imkon berdi. Bu jarayon ularda katta qiziqish uygʻotdi", - dedi Popov.

Hozirda "Akademik Cherskiy" quvur yotqizuvchi kemasi 8 may kuni yetib kelgan Germaniyaning Mukran portida turipti. Avval xabar qilinishicha, quvur yotqizuvchi Uzoq Sharqdagi Naxodka portidan Germaniyaga Afrika orqali uzoq yoʻldan harakatlangan va butun safar deyarli uch oy davom etdi. Safar davomida u yetib borish manzilini koʻp marotaba oʻzgartirdi.

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya sohilidan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga yillik quvvati 55 milliard kubometr boʻlgan gaz quvuri qurilishini koʻzda tutadi. Uni hissadori yagona “Gazprom” boʻlgan Nord Stream 2 AG amalga oshirmoqda. Yevropalik hamkorlar - Royal Dutch Shell, OMV, Engie, Uniper va Wintershall – umumiy hisobda loyihani 50 foizga, yaʼni har biri 950 million yevrogacha moliyalashtiradi.

Ushbu loyihaga oʻz suyultirilgan gazini Yevropada ilgari surayotgan AQSH faol qarshi chiqmoqda. Dekabr oyida AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarni kiritib, kompaniyalardan quvurni yotqizishni darhol toʻxtatishni talab qildi. Shveytsariyaning Allseas kompaniyasi deyarli darhol ishni toʻxtatishini maʼlum qildi.

Iyul oyida Davlat departamenti CAATSA (Amerikaning dushmanlariga sanktsiyalar orqali qarshi xarakat qilish) qonuniga “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi”nining ikkinchi quvurini qoʻshgan holda, uning doirasida oʻz tavsiyalarni eʼlon qildi. Bu Rossiyaning eksport quvurlari bilan bogʻliq investitsiyalar va boshqa faoliyatlarni AQSH sanktsiyalari xavfi ostiga qoʻydi. Bundan tashqari, iyul oyida AQSH vakillar palatasi va Senat loyihaga qarshi kengaytirilgan sanktsiyalarni oʻz ichiga olgan 2021 yilgi mudofaa byudjeti oʻz variantlarini tasdiqladilar.

Asosiy mavzular