12:58 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
201 0 0

KXDR yetakchisi Kim Chen In vakolatlarning bir qismini singlisi Kim YO Chjongga topshirdi. Mehnat partiyasi Markaziy qoʻmitasi boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimini egallab turgan Kim YO Chjon hozirda vakillik huquqi boʻyicha umumdavlat ishlari bilan shugʻullanmoqda.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In vakolatlarning bir qismini singlisi Kim YO Chjongga topshirdi, deya xabar beradi Ryonxap agentligi Janubiy Koreya razvedka maʼlumotlariga tayanib.

Taʼkidlanishicha, Koreyaning Mehnat partiyasi Markaziy qoʻmitasi boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimini egallab turgan Kim YO Chjon hozirda vakillik huquqi boʻyicha umumdavlat ishlari bilan shugʻullanmoqda. Bundan tashqari, u Pxenyanning Vashington va Seulga nisbatan siyosati uchun javobgardir.

Razvedka xizmatiga koʻra, Kim Chen Inning singlisi KXDRning "ikkinchi raqamli yetakchisi"dir, ammo amaldagi rahbar hali beri vorisini tanlamagan.

Vazirlar Mahkamasi raisi Kim Dok Xun va Davlat kengashi raisining oʻrinbosari Pak Bon Dyu oʻz zimmalariga mamlakat iqtisodiyotini boshqarish vazifalarini olishdi. Yana ikkita yuqori martabali mulozimlar mudofaa masalalariga qisman javobgar boʻldilar.

Agentlik manbalarining taʼkidlashicha, hokimiyatning bunday taqsimlanishi Kim Chen In boshdan kechirayotgan stressni minimallashtirish va "oʻz siyosati muvaffaqiyatsiz"ligi taqdirida ayblovning bir qismini undan olib tashlanishiga qaratilgan.

Aprel oyida Kim Chen In jamoatchilik oldida 20 kun davomida koʻrinmadi. Uning yoʻqligi sababli siyosatchining ehtimoliy vafoti yoki kasalligi haqida mish-mishlar paydo boʻla boshladi. Oʻsha payt taxmin qilinishicha, Shimoliy Koreya rahbari oʻzi mustaqil turolmagan, normal holatda yura olmagan yoki "vegetativ holatda" boʻlgan. Deyarli uch hafta davomida koʻrinmaganidan soʻng, 1 may kuni Kim Chen In Pxenyan yaqinidagi Pxyonan-Namdo provintsiyasida joylashgan Sunchxon shahrida oʻgʻitlar zavodining ochilish marosimida ishtirok etdi. Unga Kim YO Chjon hamrohlik qilgan, uni baʼzi odamlar Shimoliy Koreya rahbarining vorisi boʻladi deb tahmin qilishmoqda.

Koreyslararo aloqalar boʻyicha tegishli idorasi rahbari boʻlmish Janubiy Koreyaning milliy birlashish vaziri Kim Yon Chxol KXDR rahbarining sogʻligʻi bilan bogʻliq xabarlar "feyk" va "infodemiya" ekanligini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular