02:50 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
319 0 0

Inshoot 1511 yilda Kaxriye masjidiga aylantirilgan, xuddi Konstintinopol egallangach, Avliyo Sofiya sobori masjidga aylantirilgani singari.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Turkiya hukumati Istanbuldagi mashhur Avliyo Xaloskor Cherkovi joylashgan Xora monastirini masjidga aylantirishga qaror qildi. Bu haqdagi qaror juma kuni ertalab hukumat gazetasida eʼlon qilingan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, 74 yil oldin muzeyga aylantirilgan monastir Istanbulning Fotix tumanida joylashgan.

U eramizga qadar 534 yilda, yaʼni oltinchi asrda bunyod etilgan va Istanbulning eng koʻxna tarixiy obidalaridan biri sanaladi.

Inshoot 1511 yilda Kaxriye masjidiga aylantirilgan, xuddi Konstintinopol egallanganidan keyin Avliyo Sofiya sobori masjidga aylantirilgani singari.

Xora monastiri 434 yil davomida masjid sifatida foydalanilgan va vazirlik qarori bilan 1945 yilda muzeyga aylantirilgan.

Turkiya oliy maʼmuriy sudi - Davlat kengashi - 1945 yildagi masjidni muzeyga aylantirish haqidagi vazirlik qarori noqonuniy boʻlgan, deb hisoblab, uni 2019 yilda masjidga aylantirishga qaror qilgan. Davlat kengashi qarori, to bugunga qadar, yaʼni prezident farmoni eʼlon qilinmagunicha ijro etilmagan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyul oyida butun jahonga mashhur, YUNESKO Butunjahon merosiga kiruvchi Ayyo Sofiya cherkovi masjidga aylantirilgan edi.

Rossiya patriarxi Turkiya hukumatidan Ayyo Sofiyani muzey maqomida saqlab qolishni soʻradi >>>

24 iyul kuni Ayya-Sofiyada ilk namoz ado etildi.

Avliyo Sofiya cherkovi - Ayyo Sofiya vizantiyalik nasroniy-imperator Yustinian I tomonidan asos solingan va 537 yilning 27 dekabrida ochilgan. Sobor ming yilga yaqin nasroniylar olamidagi eng katta xram maqomini saqlab kelgan. Usmoniylar tomonidan Konstantinopolning zabt etilishi va Vizantiya imperiyasining qulashi oqibatida 1453 yilda sobor masjidga aylantirilgan, ammo 1934 yilda zamonaviy turk davlati asoschisi Kamol Otaturkning dekreti bilan bino muzeyga aylantirilgan va YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Asosiy mavzular